Sinf rahbari daftari “kelishildi” mmibdo‘




Download 0,66 Mb.
bet8/54
Sana22.01.2024
Hajmi0,66 Mb.
#142870
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
1-4 sinflar Sinf rahbari daftari hujjatlari 2023-2024

3-bob. Sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari

  1. Sinf rahbarlari ushbu yo'riqnomada belgilangan vazifalami amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

sinf o'quvchilarining dars mashg'ulotlari va imtihonlarida ishtirok etish;
bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar uchun qo'shimcha darslar tashkil etish bo'yicha ta'lim muassasasi rahbariyatiga taklif kiritish;
o'quvchilar tarbiyasiga oid ilg'or ish tajribalarini amalga oshirish bo'yicha ta'lim muassasasi rahbariyatiga tashabbus bilan chiqish;
sinf faollari ishini nazorat qilish, ular bilan birgalikda yig'ilish kun tartibini belgilash va sinf yig'ilishlarini uyushtirish;
o'qishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol o'quvchilami taqdirlashga tavsiya etish;
sinf soatlarini rejalashtirishda o'quvchilar yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan mavzularga o'zgartirishlar kiritish;
sinf soatlari mavzularining ta'sirchanligini oshirish uchun maktab psixologi bilan yaqindan hamkorlik qilish, zarur holatlarda dars jarayoniga maktab psixologini taklif qilish;
o'quvchilaming ota-onalari bilan ta'lim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatlashish, hamkorlik qilish, pedagogik maslahatlar berish;
o'quvchilar xulqini baholash;
hamkorlikda olib boriladigan tadbirlarda muntazam qatnashmaydigan, farzandi tarbiyasiga e'tiborsiz ota-onalar bo'yicha maktab kuzatuv kengashiga, "Oila-mahalla­ ta'lim muassasasi hamkorligi" Jamoat kengashiga murojaat qilish.
Sinf rahbarlari o'z vazifa va majburiyatlarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

  1. Sinf rahbarlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

sinf o'quvchilarining davomatini nazorat qilish, sababsiz darsga kelmagan o'quvchilaming ota-onalari bilan (telefon orqali) bog'lanib, darsga kelmaganlik sabablarini o'rganish, natijalari bo'yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;
"O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizom", "Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchi va o'quvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari" hamda "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasinijoriy etish tartibi to'g'risidagi nizom" mazmun-mohiyatini va talablarini sinf o'quvchilari va ularning ota-onalariga yetkazish;
o'quvchining xulqi, xatti-harakatlarida o'zgarishlar aniqlasa, ulaming ota­ onalariga xabar berish, hamkorlikda ish olib borish, natijalari bo'yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;
amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko'ra, farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati, majburiyati va javobgarligi to'g'risida o'quvchilaming ota-onalari o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borish;
pedagogik jamoa, o'quvchilar, ularning ota-onalari bilan muloqotda vazmin va xushmuomala bo'lish;
o'zining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish.

Download 0,66 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinf rahbari daftari “kelishildi” mmibdo‘

Download 0,66 Mb.