• Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya




    Download 12,48 Mb.
    bet34/55
    Sana11.10.2024
    Hajmi12,48 Mb.
    #274567
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
    Bog'liq
    2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAK

    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:
    Bobomiz Alisher Navoiyni “Navoiy va bulbul ”hikoyasini bolalar sahna ko‘rinishida ijro etishadi va Navoiy taxallusi qanday qo‘yilgani eslatiladi.
    Alisher Navoiyning ulug‘ligi yozib qoldirgan asarlarida, betakror obidalarida oz aksini topgan .Turli sohadagi iste’dodli kishilarga o‘z shaxsiy jamg‘armasidan homiylik qilib, o‘nlab san’at asarlarini yaratishga o‘z hissasini qo‘shgan. Shulardan biri odamlarning uzog‘ini yaqin qilayotgan qo‘shni Afg‘oniston viloyatidagi Saripul ko‘prigidir .Ko‘prik bunyodkori bilan teng umr ko‘rib, 5 asrdan beri odamlarga xizmat qilib kelmoqda.Alisher Navoiy qay manzilda yashab ijod qilmasin, adabiyotga, el-yurt obodligi yo‘lida xayrli va savobli ishlarga o‘z hissasini qo‘shgan. Uning oqil va donoligiga Husayn Boyqaro va butun saroy ahli lol qolgan “Non isi ” hikoyasi o‘qib beriladi.
    H ar bir insonning bolaligidan mehr qo‘ygan jonivori bo‘ladi. Ularga shunchalik bog‘lanib qolishadiki, undan ayrilib qolish juda og‘ir bo‘ladi.
    Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Temuriylar avlodining vakili bo‘lib,bolaligidan ot bilan sirlashib katta bo‘lgan. Bu haqda “Boburnoma”asarida yozib qoldirgan. Unga ko‘ra Bobur 10 yoshida yurib ketayotgan ot ustida turib raqsga tusha olgan, tengqurlari bilan ot sportiga oid barcha o‘yinlarda qatnashgan.
    Bobur Samarqand uchun olib borilgan kurashlarda oz askarlari bilan qurshovda qolishadi. Uzoq kunlik qamalda otlarni yo‘qotmaslik chorasini o‘ylab topadi. Suvga yog‘ochlarni ivitib, ularning qipig‘lari bilan otlarni oziqlantirishadi. Uzoq safarga chiqqanda otlarni toliqtirib qo‘ymaslik uchun ot qadamlarini sanaydigan kishilarni tayinlab qo‘yadi .
    Bobur asarlarida Vatanga sog‘inch tuyg‘ulari ifoda etilgan . Hayotining so‘nggi damlari vatandan uzoqda – quvg‘inlikda o‘tgani o‘z she’rlarida yaqqol ifoda etilgan . O‘zbek xalqining , o‘zbek adabiyotining sevimli adiblari asarlari va ishlari davomchilari hamda yurtimizga munosib farzand bo‘lish bizning vazifamizdir.

    Download 12,48 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




    Download 12,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy va umummadaniy kompetensiya

    Download 12,48 Mb.