• Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Mashg‘ulot turi
  • Mashg‘ulot metodi
  • Mashg‘ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • -mavzu: Onalar - uyimiz charog‘boni (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)




    Download 12,48 Mb.
    bet37/55
    Sana11.10.2024
    Hajmi12,48 Mb.
    #274567
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
    Bog'liq
    2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAK

    22-mavzu: Onalar - uyimiz charog‘boni (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
    I. Kirish:
    Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi” degan g‘oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg‘ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:
    “Onajonim” she’ri. Mahmudjon Dadaboyev
    Onajonim , mehribonim
    Men gul bo‘lsam, siz bog‘bonim.
    Ko‘zim ochib sizni ko‘rdim,
    Siz tugayli inson bo‘ldim.
    Duo qiling tezroq o‘say,
    Tinchlik uchun, hissa qo‘shay.
    “Siz kulsangiz” Umida Abduazimova
    Siz kulsangiz onajon, olam kuladi.
    Akam, ukam-u tajang , qalam kuladi.
    Oy, quyoshni chizamiz,sizga o‘xshatib,
    Yoshingizni yozamiz, Yuzga o‘xshatib.

    Rivoyat : Quyoshdan so‘rashibdi:



    • Sening haroratingdan zo‘rroq harorat bormi? -Bor,-javob beribdi quyosh.- “Ona mehri mening taftimdan kuchliroq”.

    Turli kasbdagi ayollarning tasvirlari namoyish etiladi va ularning mehnatini qadrlashga o‘rgatiladi.
    Tasavvur qiling , agar bir necha kun onangiz uyda bo‘lmasalar qanday holat yuzaga keladi ? Bu holatni bolalar rasmda yoki so‘z bilan ifoda etib berishadi. Onalar haqidagi maqollar guruhlarda birma –bir aytib o‘tiladi.

    Download 12,48 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




    Download 12,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Onalar - uyimiz charog‘boni (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)

    Download 12,48 Mb.