|
-mavzu: Qonunlar nima uchun kerak?
|
bet | 44/55 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 12,48 Mb. | | #274567 |
Bog'liq 2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAK27-mavzu: Qonunlar nima uchun kerak?
I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni o‘rganish va amal qilish tuyg‘ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘qituvchi: Konstitutsiya baxtimiz qomusi
O‘zbekiston xalqi: Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon, qilib hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ma’suliyatni anglagan holda,o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda respublika fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib’ insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishini ko‘zlab ,fuqarolar tinchligini va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida o‘zining muxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi. O‘zbekiston Respublika Konstitutsiya o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va Konstitutsiya 6 ta bo‘lim, 26 ta bob,128 ta moddadan iborat. Konstitutsiya lotincha “constitutio” so‘zining tarjimasi “nizom qoidalar” degan ma’nolarni anglatadi.
Topshiriq: “O‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzusidagi og‘zaki jurnal sahifalari quyidagicha nomlanishi mumkin: Sahifa. Huquq (tavsifnomasi). Sahifa. Bilim olish huquqi (yoshlar hayoti va faoliyati haqida).
Guruhlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar va namoyish etishlar yuqorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.Guruhlarning chiqishlari ketma-ketlik bilan bir-biriga bog‘langan holda amalga oshiriladi, iloji boricha guruhlarning namoyishida barcha guruh a’zolarining ishtiroki ta’minlanishi maqsadga mufoviq bo‘ladi.Guruhlar namoyishidan so‘ng, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda guruhlar tomonidan namoyish etilgan sahifalarning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qiladilar, ushbu mashg‘ulot ularni nimalarga o‘rgatgani va ular nimalarni bilib olishgani bilan qiziqadi. O‘qituvchi kerakli tavsiyalar va tushunchalar beradi, so‘ngra mashg‘ulotni yakunlaydi.
|
| |