|
Sinf rahbarining asosiy vazifalari
|
bet | 52/55 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 12,48 Mb. | | #274567 |
Bog'liq 2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAKMashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Kitob” she’rining mazmuni bilan tanishtiriladi va har bir misra alohida tahlil qilinib, mavzu maqsadi yoritib boriladi,
Kitobninng turlari juda ko‘p. Rasmlar orqali yoki aynan o‘zini ko‘rsatib boriladi.
Badiiy kitoblar, Ilmiy kitoblar, o‘quv kitoblari , rasmli kitoblar, rasmlarni bo‘yash uchun mo‘ljallangan kitoblar,lug‘at kitoblar va ensiklopediyalar. Bu kitoblarning o‘lchamlari ham har xil. Eng mitti kitob Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan kitobdir .U gugurt qutisining ichiga sig‘adigan hajmda bo‘lgan. Juda katta hajmdagi kitoblar ham mavjud .
Biz maktabda asosan o‘quv kitoblaridan foydalanamiz. Ularni darsliklar deb ataymiz. Darsliklar har bir fan uchun alohida –alohida tuzilgan. Lug‘at kitoblarining turlari juda ko‘p . Imlo lug‘atlari bizlarga so‘zlarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatsa, izohli lug‘atlar so‘zlarning ma’nosini o‘rgatadi. Turli tillardagi so‘zlarning tarjimasini o‘rgatuvchi lug‘atlar bizlarning so‘z boyligimizni oshiradi.Badiiy kitoblarning turlari juda kop . Bizlarning yoshimizga mo‘ljallangan ertak kitoblari, hikoyalar, topishmoqlar va maqollar kitoblari bizning eng yaqin do‘stimiz va maslahatchimiz bo‘lib hizmat qiladi.
Kitob haqidagi maqollar va topishmoqlardan namunalar beriladi.
Kiyim ustingni bezaydi, kitob- aqlingni.
Oltin yerdan olinar, bilim –kitobdan.
Hozirgi texnika rivojlangan vaqtda kompyuterlar bizlarning hayotimizga kirib keldi. Ular ham bizning turli ma’lumotlar olishimizda yaqin ko‘makchimiz hisoblanadi. Lekin ma’lum muddatda biz ularni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin, sotib olgan kitoblarimiz esa, doimo bizning kitob javonimizni bezab turadi va istagan vaqtimizda yonimizda hozir bo‘ladi .
III. Yakuniy qism:
Dars yakunida o‘quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
|
| |