31-mavzu: Yo‘l-transport xodisalari va ularning kelib chiqish sabablari. (Yo‘l harakati qoidalari)
I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarga yo‘l transport hodisalarining sabablari haqida tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘qituvchi:
Tez harakatlanib ketayotgan avtomobilni taqqa to‘xtatib bo‘lmasligini hamma yaxshi biladi, lekin harakat ishtirokchilari ayrim hollarda o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga ololmaydilar. Yo‘llarda sodir bo‘layotgan deyarli barcha falokatlarning sababi aynan shunda. Bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida avtomobilni yaratgan inson yo‘llarda harakatlanish qoidalarini ham o‘ylab topdi. Avvallari yo‘llarda harakatlanish ishtirokchilari hisoblangan otliqlar, izvoshchilar, keyinroq piyoda va haydovchilar bir-birlariga xavf tug‘dirmaslik maqsadida ana shu qoidalarga muvofiq harakat qilganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu qoidalar takomillashib, to‘ldirib borilgan.
Qoidalar tarixiga nazar solsak, ular asosan piyodalarning manfaatlarini o‘ylab, izvoshchi va mashina haydovchilarining piyodalarga yetkazishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlardan himoya qilish maqsadida joriy etilgan. Avtomobillarnig paydo bo‘lishi bilan yo‘llarda harakatlanish qoidalari hayotiy zaruratga aylandi va nihoyat, 1893-yil 14-avgustda Fransiyada, 1896-yilda Angliya va boshqa davlatlarda bu qoidalar joriy qilindi Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida yo‘llarda transport vositalarining o‘ng taraflama harakatlanishi tartibi joriy etilgan. Shu bois, harakat vaqtida piyodalarning ham, haydovchilarning ham o‘ng tomondan harakatlanishiga odatlanib qolganmiz. Biroq harakatning o‘ng tomonlama prinsipini tashkil qilish va joriy etish uchun anchagina vaqt hamda kuch talab etilgan. Endilikda qoidaga aylangan bu odat bizga uzoq vaqtlardan yetib kelgan.
Topshiriq: yo‘l transport vositasining sabablarini klaster usulida aniqlaymiz
|