Maktab MMIBDO‘_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
33-mavzu: Telefon va men.
I. Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi: O‘quvchilarga telefonning foydali va zararli holatlari haqida tushunchalar berish, ularni telefondan foydalanishda ehtiyot bo‘lishlikni uqtirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
M a’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda butun dunyoda 2 milliard kishi uyali aloqa vositasidan foydalanadi. Mamlakatimizda aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganlik holati har 100 kishi hisobiga 75 birlikni tashkil etadi. Bugungi kunda mobil aloqalar yoshlarning ham doimiy hamrohiga aylanib ulgurdi. Hozir smartfonlar hatto bolalar o‘yinchoqlari o‘rnini ham egallab olgan. Uning afzalligi bilan birga, salbiy tomoniga ham e’tibor qaratsak, yuqoridagi ko‘rsatkichlar jiddiy muammolarga olib kelishini yaxshi anglaymiz. Mutaxassislarning aytishicha, mobil telefondan chiqayotgan nur inson salomatligi uchun ham xavfli hisoblanadi. Uning cheksiz imkoniyatlariga o‘rganib qolish, real hayotdagi voqeliklarga befarqlikka olib kelishi mumkin. Albatta, bugun zamon tez rivojlanmoqda, dunyo ham, odamlar ham o‘zgarmoqda. Ochig‘i, bugun hayotimizni telefonsiz tasavvur qilish qiyin. Ko‘cha-ko‘yda qaysi yoshga qaramang, turli rusumdagi uyali telefonlarda gaplashayotganiga guvoh
bo‘lasiz. Ammo ularning mobil telefondan foydalanish holatlari nafaqat salomatligiga ta’sir qilishi, balki ta’lim sifatiga ham jiddiy zarar yetkazayotgani hech kimga sir emas. Masalan, telefonning salbiy ta’siri bilan bog‘liq miya saratoni bolalarni ham chetlab o‘tmayapti. Agar bunga e’tiborsiz qaralaversa, yaqin 10 yil ichida ahvol yanada og‘irlashishi mumkin. Shifokorlar o‘tkazgan tajribaga ko‘ra, mobil telefonlar bolalarning organizmiga, bo‘yining o‘sishiga, immunitetiga, diqqatini jamlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Eng yomoni, telefondagi o‘yinlarni uzluksiz o‘ynash oqibatida bolalarda umurtqa pog‘onasining qiyshayishi, ko‘z xastaliklari kuzatilgan. Ma’lumki, qonunchilik hujjatlari bilan texnik taraqqiyotni inkor etmagan holda mobil aloqalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, ta’lim tashkilotlarida telefonlardan foydalanishni cheklash bo‘yicha majburiyatlar belgilangan. Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarida xodimlar va o‘quvchilar telefonlarini ovozsiz rejimga qo‘yish, dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqani uchirib qo‘yish kerak.
|