|
Sinf rahbarining asosiy vazifalari
|
bet | 47/55 | Sana | 11.10.2024 | Hajmi | 12,48 Mb. | | #274567 |
Bog'liq 2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAKMashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Aziz bolajonlar, « Sehrli so‘zlar» mavzusidagi Sinf soati mashg‘ulotimizni o‘tamiz. Hozir men sizlarga sehrli so‘zlar haqida kichik matn o‘qib beraman
– Bobo, bobojon, uxlab qoldingizmi? – so‘radi Firdavs dodasi dam olayotgan xonaga kirib.
– Ha bo‘tam, biroz ko‘zim ilinibdi.
– Endi ko‘zingiz ochildimi?
– Ochildi, bo‘tam. Nima gap, tinchlikmi?
– Bobo, yo‘q demasangiz menda bitta taklif bor. Fatxulla tog‘aning do‘koniga boraylik.
– Eee, qoq peshinda do‘konda nima qilamiz? – buvasining peshonasi tirishdi?
– Menga sehrli tayoqcha olib berasiz.
– Obbo sen-ey, sehrli tayoqcha do‘konda bo‘lmaydi. U ertakda bo‘ladi.
– Bobo, eshitmaganmisiz, buvijonim, Fatxullaning do‘konida anqoning urug‘idan boshqa hamma narsa bor deganlar. Do‘konga boraylik. Men sizga sehrli tayoqcha turgan peshtaxtani ko‘rsataman, yuraqoling.
– Menga qara toy, sehrli tayoqcha nega senga shuncha zarur bo‘lib qoldi, o‘zi?
– Oyim bilan yarashib olardim-da.
– Nima, oying bilan urishib qoldingmi?
– O‘rtog‘imdan o‘rgangan gapimni aytgandim. Oyim xafa bo‘ldilar. Yomon bola bo‘libsan, endi sen bilan gaplashmayman, deyaptilar.
– U qanday so‘z ekan?
– Xunuk so‘z.
– Tushunarli. Senga sehrli tayoqcha emas, sehrli so‘z kerak ekan, bo‘tam.
– Sehrli so‘z! – quvonib ketdi Firdavs. – Bobojon, men sehrli so‘zni bilaman.
– Qani, ayt-chi!
– Abra-kadabra, suff...
– Bu nima degani?
– Nima deganini bilmayman. Sehrli so‘z-da, kinoda ko‘rganman.
– E-e, yo‘q, bo‘lmaydi. O‘zing tushunmagan sehrli so‘zni oying qanday tushunsin.
– Siz boshqacha sehrli so‘zni bilasizmi?
– Bilaman, albatta.
– Unda ayting, bobojon. Oyim bilan judayam gaplashgim kelyapti.
– Aytaman. Faqat bitta sharti bor.
– Qanaqa shart?
– Bu sehrli so‘zni ko‘chada yomon bolalar bilan o‘ynaydigan bolalar aytsa sehri yo‘qoladi. Demak, sen odobsiz bolalar bilan boshqa o‘rtoq bo‘lmaslikka so‘z berishing kerak. Rozimisan?!
– Roziman. Endi sirayam xunuk so‘zlar aytmayman, yomon bolalar bilan o‘ynamayman.
– Unda hozir oyingning yoniga borib, boshingni sal egib uzrli ohangda, “Oyijon, men sizni judayam yaxshi ko‘raman. Endi sizni sirayam xafa qiladigan gap aytmayman. Meni kechiring”, degin-da uni mahkam achomlab olgin.
– I-ye, shuyam sehrli so‘zmi? – hayron bo‘ldi Firdavs.
– Eng chiroyli sehrli so‘z bu. Ishonmasang, sinab ko‘r, – jilmaydi bobosi.
– Xo‘p bo‘ladi, – Firdavs oshxona tomonga yugurib ketdi. Ko‘p o‘tmay oyisi jilmaygancha Firdavsni qo‘lidan yetaklab, ichkaridan chiqib keldi.
Ko‘rdingizmi, bolalar?! Sehrli so‘z Firdavsning oyisiga ta’sir qilibdi. Iltimos, siz ham bu sehrli so‘zlarni yodlab oling! Kerak bo‘ladi.
|
| |