• II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
  • III. Yangi mavzu bayoni: (15 daqiqa) QADIMGI AHOLINING ETNIK TARKIBI HUDUDIY JOYLASHUVI.
  • So’g’diyona
  • baqtriyaliklar
  • Xorasmiya
  • Orol dgngizi boylarida, Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida
  • Sinf: vi”A” O’zbekiston tarixi Sana




    Download 23.03 Kb.
    bet2/5
    Sana04.01.2023
    Hajmi23.03 Kb.
    #37477
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    OCHIQ DARS ISHLANMASI 2022 YIL
    4-синф иш режа Мавжуда Эркиновна, madaniyat 8 jahon (3), Dars jadvali, referat usti, VAQTINCHALIK SINF JURNALI (www.sadikov.uz)
    Belgilangan vaqt.

    1.

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2.

    O`tilgan mavzuni takrorlash

    10 daqiqa

    3.

    Yangi mavzu bayoni

    15 daqiqa

    4.

    Mustahkamlash

    8 daqiqa

    5.

    Baholash

    2 daqiqa

    6.

    Uyga vazifa

    2 daqiqa



    Darsning borishi;
    I.Tashkiliy qism (3 daqiqa)
    a) Davomadni aniqlash. Navbatchi hisoboti.Sinf xonasini darsga tayyorlash.
    b) Bugungi kun yangiliklarini so’rash. Yangi mavzuni doskaga yozish.
    II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
    -O`quvchilarni uyga vazifalarini teksirish, ularga savollar berish va ularni baholash.
    -O`quvchilarga tarqatma savollar tarqatish va ularni savollarini tinglash. (1-ilova)
    -“EPIGRAFIKA” metodi orqali o`tilgan mavzular yuzasidan tuzilgan savollarni javobini topish. Bahs yuritish va o`quvchilarni baholash.(2-ilova)
    III. Yangi mavzu bayoni: (15 daqiqa)
    QADIMGI AHOLINING ETNIK TARKIBI HUDUDIY JOYLASHUVI.
    Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil avv VII-VI asrlarda O’zbekiston hududida so’g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar kabi elatlar shuningdek, sak va massaget qabilalari yashagan Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi ko’plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So’g’da (“Avesto"da), So’g’uda (Bexistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf asarlarida So’g’diyona deb nomlangan. Bu hududda yashaydigan aholi so’g’diylar deb atalgan.
    -So'g'diyona -Zarafshon va Qashqadaryo vohasida, Xorazm-Amudaryoning quyi oqimida joylashgan.
    So'g'diylarning eng yaqin qo'shnilari baqtriyaliklar bo'lib, ularning yurti Surxon vohasi, Afg'onistonning shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashganlar. Yozma manbalarda u Baxdi ("Avesto"da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar.
    Amudaryoning quyi oqimida yashagan o'troq dehqon elatlari xorazmliklar bo'lgan. Ularning yurti Xvarizam ("Avesto"da), Xvarazmish (Behistun yozuvlarida), yunon manbalarida Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.
    Cho'llar va Amudaryo bo'ylarida ko'chmanchi massaget qabilalari yashaganlar.
    O'rta Osiyoning tog'lik, dasht va cho'l yerlarida asosiy mashg'uloti chorvachilik bo'lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular o'z yerlarini boshqa qabilalar xujumidan ximoya qilish uchun harbiy qabila ittifoqini tuzadilar.
    Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga bo'lingan. Birinchi guruhi- saklarning ko'pchilik qismi saka-tigraxauda, ya'ni o'tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog'iston yerlarida yashaganlar.
    Ikkinchi guruhi saka-tiay-taradarayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dgngizi bo'ylarida, Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar.
    Uchinchi guruhi- Pomirning tog'li tumanlarida va Farg'onada saka-“xaumovarka” ya`ni “muqaddas ichimlikka sig`inuvchi” deb ataluvchi saklar yashashgan.

    Download 23.03 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 23.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinf: vi”A” O’zbekiston tarixi Sana

    Download 23.03 Kb.