• 3-ilova Rasmga qaraladi “Oltin qoplon tasviri”. Saklar san`atining na`munasi. O`rta osiyo xaritasi va O`rta osiyo elatlari (VII-VI asrlar) rasmlari ta`riflanadi.
  • MILLIDDAN AVVALGI VII-VI ASRLARDA XO`JALIK RIVOJI




    Download 23.03 Kb.
    bet3/5
    Sana04.01.2023
    Hajmi23.03 Kb.
    #37477
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    OCHIQ DARS ISHLANMASI 2022 YIL
    4-синф иш режа Мавжуда Эркиновна, madaniyat 8 jahon (3), Dars jadvali, referat usti, VAQTINCHALIK SINF JURNALI (www.sadikov.uz)
    MILLIDDAN AVVALGI VII-VI ASRLARDA XO`JALIK RIVOJI.
    Bu davrlarda Xorazm, So'g'diyona va Baqtriya axolisining asosiy mashg'uloti sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik bo'lgan. Jamiyat hayotida xunarmandchilik va savdo-sotiqning xam o'rni katta bo'lgan va ancha rivoj topgan. Manzilgohlardan yuqori sifatli kulolchilik idishlari, temir va bronza buyumlar topilgan.
    3-ilova Rasmga qaraladi “Oltin qoplon tasviri”. Saklar san`atining na`munasi. O`rta osiyo xaritasi va O`rta osiyo elatlari (VII-VI asrlar) rasmlari ta`riflanadi.
    O`quvchilarni xaritaga chiqarib, bilimlarini mustahkamlash.


    BAQTRIYA LA`LI TO`G`RISIDA OSSURIYA MANBALARIDAGI MA`LUMOT.
    Podshoh so`ragan la`l borasida: “Menga la`l keltiring”, degan ekanlar. Men janobi oliylari, tog`ga chiqib, la`lni qo`lga kiritganimda mamlakt ahli menga qarshi qo`zg`alganini bilmaydilar. Podshoh izn bersalar, janbi oliylari, katta qo`shin borib la`lni keltirishsa, faqat men ular bilan non-u qatiqni baham ko`rmayman;ular yonida yurmayman,sening choparing yonida bo`lmayman, podshoh salomatligi xususida ham so`ramayman. Shohim buni gunohga yo`ymasalar bas….”
    Ko'chmanchi sak va massaget qabilalarining asosiy mashg'uloti chorvachilik bo'lib, ularning tuya, ot va qo'y-echkilardan iborat katta-katta podalari bo'lgan.
    Ular hayvon terisidan poyabzal, kiyimlar, chodirlar tikib, g'alla va mevaga ayirboshlaganlar. O'rta Osiyo xalqlari Sharq mamlakatlari bilan yaqindan madaniy aloqada bo'lganlar. Shu tariqa O'rta Osiyoning o'troq va ko'chmanchi aholisi o'rtasida o'zaro savdo ayirboshlash bo'lgan.
    Xunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan. Ular mustahkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan bo'lib, xunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo markazlari edi.
    Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda qadimgi shahar madaniyati. Qadimshunoslar Afrosiyob (Samarqand), Yerqo'rg'on va Uzunqir (Qashqadaryo voxasi), Ko'zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo voxasi) kabi qadimiy shaharlarni o'rganishgan. O'zbekistonning bunday qadimiy shaharlari qanday ko'rinishga ega bo'lgan?
    Qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o'ralganligidir. Shaharda hokim yashaydigan qal'a bo'lgan. Qal'ada xom g'ishtdan qurilgan katta saroy joylashgan. Shaharlarning bir guruhi savdo va xunarmandchilik markazlari bo'lsa, boshqalari esa alohida tuman va viloyatlar markazlari xisoblangan. Masalan, ilk Qiziltepa shahri mustahkam mudofaa devorlari bilan o'ralib, devor suv to'ldirilgan xandaq bilan ixotalangan. Devorning burjlari va o'q otish uchun maxsus shinaklari xam bo'lgan. Shahar ichkarisida turar joylar va xunarmandchilik ustaxonalari joylashgan.
    -Qadimiy Baqtriya uy-qo'rg'oni. Surxondaryo vohasi. Mil.avv. VII-IV asrlar
    Qadimgi davlatlar. Miloddan avvalgi VII asrda tashkil topgan Qadimgi Baqtriya davlati O'rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlardan biri sanaladi.
    Marg'iyona va So'g'diyona Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta'sirida bo'lgan. Shuning uchun u qadimda bir-biriga qarindosh bo'lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Miloddan avvalgi VI-VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari va O'zbekistonga chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati ta'sirida bo'lgan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo'rg'on va Afrosiyob o'rnida Baqtriya va So'g'dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu shaharlar O'zbekiston hududidagi eng qadimgilari bo'lib, ularning yoshi 2700 yildan kam emas.
    -Afrosiyob-hozirgi Samarqandning sharqiy chegarasi hududlarida mil.avv. VIII-VII asrlarda asos solingan qadimiy shahar. Bu yerda Samarqandning qadimiy qismi joylashgan. Qadimiy shahar qo'rg'onlari turar joylarining xarobalari xozirgi kunga qadar saqlanib qolgan.
    Yana bir qadimiy davlat Xorazm hududida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo'lgan yerlarni xam birlashtirgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko'zaliqir shahri bo'lgan. U qalin va mustaxkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Uning dehqonchilik bilan shug'ullangan aholisi turli xil uy-qo'rg'onlarda va qishloqlarda yashagan. Qadimgi Xorazmda xunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlangan.
    Mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug'i o'zga yurtlarga ham tarqalgan edi. Shaharlarda savdo-sotiq rivojlangan. Xorazmliklar mohir quruvchi va xunarmand bo'lganlar.
    Shunday qilib, miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda O'zbekiston hududida ilk temir asriga o'tish boshlangan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud bo'lgan. Shaharlarda xunarmandchilik, savdo taraqqiy etgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o'rnatilgan. Qadimgi davrda O'zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi.



    Download 23.03 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 23.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MILLIDDAN AVVALGI VII-VI ASRLARDA XO`JALIK RIVOJI

    Download 23.03 Kb.