Bu
juda uzun fokusli, demak kam optik kuchga ega, ob’ektiv bo‘ladi va u astrofizik tekshirishlarga yaramaydi.
Ko‘pchilik yoritqichlarning monoxromatik nurlanishi (radio va rentgen nurlanish bundan mustasno) kuchsiz, shuning uchun keng (100 nm) spektral diapazonda kuzatishlar bajarishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda bu har xil rangdagi nurlarni bitta
fokusga keltirish maqsadida, har xil sindirish koefitsenti va egrilik radiusiga ega ikkita linzalardan tuzilgan ob’ektiv qo‘llaniladi. Bu linzalarning biri krondan (shisha navi) ikkinchisi esa, flintdan tayyorlanadi. Krondan yasalangan linza musbat va u ikki linzali obektivning oldi tomoniga o‘rnatiladi. Flintdan (shisha navi) yasalangani esa manfiy linzadir. Bunday ikki linzali ob’ektiv qizil va havorang nurlarni bitta fokusga keltiradi va u axromatik ob’ektiv deb ataladi. Axromatik
ob’ektivlarning
fokus masofalari F (
cm) 1.12
D 2 (
D,
cm) , ya’ni yakka holdagi linzali
ob’ektivnikidan 16 marta qisqa va uni astronomik kuzatishlarda qo‘llash mumkin. Maktab refraktor teleskopiga shunday ikki linzali ob’ektiv o‘rnatilgan [7].
Ko‘zguli ob’ektivlarda xromatik aberratsiya bo‘lmaydi.
Sababi shundayki, aks qaytish qonuni nurning to‘lqin uzunligiga bog‘liq emas. Astrofizik teleskoplarning ob’ektivi botiq ko‘zgudan iborat bo‘ladi (ular
reflektor deb ataladi). Botiq ko‘zgu sferik, parabolik yoki giperbolik sirtli qilib yasaladi. Bunday sirtlardan qaytgan to‘lqin fronti har xil shakl oladi va ko‘zguning fokal tekisligida nuqtaviy yoritqichning turlicha shakldagi fazoviy tasvirlarini hosil qiladi.
Optik sistemalarni oq nur bilan yoritilganda xromatik aberratsiya kelib chiqadi. Bu abberratsiya sindirish ko’rsatkichi har xil to’lkin uzunlikdagi nurlar uchun xar xil bo’lishidan kelib chiqadi. Qisqa to’lkin uzunligidagi binafsha nurlar A
1 nuqtada to’planadi, uzunligi λ
- li nurlar A11 nuqtada to’planadi, bu nuqtalar orasida qolgan