Sistemalarning




Download 172,93 Kb.
bet6/10
Sana16.05.2024
Hajmi172,93 Kb.
#238539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
optik aberatsiyalar (2)

rasm


Agar bosh optik o’qga tik ekran qo’yilsa ekranda noaniq yoyilgan tasvir xosil bo’ladi. Bu kamchilik ko’ndalang sferik aberratsiya deyiladi.

  1. Bo’ylama sferik abberatsiya.


2
Aytaylik, linzaga parallel bo’lgan nurlar dastasi tushayotgan bo’lsin. U holda paraksial nurlar linzaning f1 uzoq fokusida, chetki nurlar esa yakinroq f12 fokusida to’planadi, f1 va f1 orasida qolgan hamma nurlarning fokuslari yotadi. Bu xildagi abberatsiya bo’ylama sferik abberratsiya deyiladi (6-rasm).


    1. rasm


Astrofizik kuzatishlar, birinchidan, yorug‘ligi va kattaligi bir-birinikidan juda katta farq qiladigan yoritqichlarni o‘z ichiga olsa, ikkinchidan, tekshirishlar har xil spektral diapazonlarda olib borilishi mumkin, uchinchidan, qo‘llanilayotgan
nurlanish priemniklar har xil spektral sezgirlikka hamda kvant chiqishlarga ega, to‘rtinchidan, qo‘yilgan masalalar har xil bo‘lishi mumkin (masalan, yulduzlar osmonini sur’atga olish yoki birorta yulduzni alohida holda tekshirish).
Qo‘yilgan astrofizik tekshirishlardan chiqqan holda teleskop turi tanlanadi. Teleskopni yasashga kirishishdan oldin, unda bajariladigan tekshirishlarda qo‘yilgan shartlardan (ajrataolish qobiliyati, ko‘rish maydoni kengligi va boshqalar) chiqqan holda, uning optik sxemasi va qismlari sirtining egriligi va ularni bir-biriga nisbatan joylashtirilish uzoqliklari hisoblab chiqiladi hamda yasash uchun zarur xomashyolarning optik ko‘rsatgichlari (masalan sindirish koeffisenti) beriladi. Optik usto yoki optik avtomat mashina maxsus nazorat tizimlari yordamida optik qismlarni yasaydi. Bu qismlar texnik buyurtmada belgilangandek ketma-ket optik o‘qqa joylashtiriladi va mahkamlanadi. Tayyor teleskop maxsus nazoratdan o‘tkaziladi va uning optik ko‘rsatgichlari buyurtmadagiga mos kelsa, uni amalda qo‘llashga ruxsat beriladi.
Optik teleskoplar uchta turga bo‘linadi. 1) refraktor, ya’ni linzalardan yasalgan teleskop. Nurlarni yig‘ish linzalarda ularni sinishi (refraksiyasi) ga asoslangan. 2) reflektorlar, ya’ni botiq ko‘zgudan yasalgan teleskop. Nurlarni yig‘ilishi botiq ko‘zgudan aks qaytish natijasida ro‘y beradi. 3) katadioptrik teleskop, ya’ni botiq ko‘zgu va linzalar (minisk, korreksion plastinka va afokal sistema) dan yasalgan teleskop. Ular optik sxemasi yoki nurni yig‘ish va tasvir hosil qilish prinsipi, aberrasiyalarni qanday bartaraf etish yo‘llari hamda ulardan qanday ishlar bajarishga mo‘ljallanganliklari bilan bir-biridan farq qiladilar

    1. Download 172,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 172,93 Kb.