|
Sistemalarning
|
bet | 3/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 172,93 Kb. | | #238539 |
Bog'liq optik aberatsiyalar (2)
Linza moddasining dispersiyasi (sindirish ko‘rsatkichining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi) hisobiga berilgan linza uchun turli rangli nurlarning turli xil sinishi hisobiga linzaning bitta fokusi o‘rniga turli xil ranglarga mos keluvchi fokuslar bir- birlariga nisbatan siljigan bo‘ladi. Binafsha nurlar va qizil nurlar uchun chizilgan Fb va Fq fokus nuqtalar ko‘rsatilgan. Buning natijasida dog‘ning tasviri rangli bo‘lib chiqadi. Ranglarning almashinib kelishi kuzatish ekranining joylashgan o‘rniga bog‘liq. Tasvirning bunday buzilib rangli bo‘lish nuqsoniga xromatik aberratsiya deb ataladi. Xromatik aberratsiya ham sferik aberratsiya kabi miqdoriy bo‘ylama xromatik aberratsiyasi (Fb, Fq) bilan ham xarakterlanadi. Xromatik aberratsiyani kamaytirib, imkon boricha minimumga keltirish uchun maxsus tanlab olingan
moddalardan yasalgan linzalar kombinatsiyasidan foydalaniladi. Bunday eng oddiy linzalar sistemasi kronglas (yengil shisha sorti)dan yasalgan qavariq linza va unga yopishtirilgan flintglas (shishaning og‘ir sorti)dan yasalgan ikki yoqlama qavariq linzadan iborat bo‘ladi. Bu sistemaga yana sochuvchi linza qo‘shilsa sistemasining fokus masofasi uzaytirilgan bo‘ladi. Lekin fokus masofani bunday uzaytirish yana to‘lqin uzunligiga bog‘liq holda bo‘ladi. Shunday qilib, xromatik aberratsiyani minimumga keltirish mumkin bo‘lsa ham, uni butunlay yo‘qotib bo‘lmaydi.
Xromatik aberratsiyaning manbayi yorug‘likning sinish koeffitsiyenti nλ to'lqin uzunligi λ ga bog‘liqligidir. Shu sababga ko‘ra, turli uzunlikdagi to’lqinlar obyektivdan turli masofalarda to‘planadilar; to’lqinning har bir uzunligi o‘zining fokusi Fλ ga ega. Yorug’liklarning akslanishi to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lmaydi, shuning uchun ko‘zguli sistemalarda xromatik aberratsiya kuzatilmaydi, bu esa ulaming refraktorlar oldida afzalligidir [5].
Xromatik aberratsiya linzani sindirish koefitsentini nurning to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi (n 1/) tufayli ro‘y beradi. Bu yerda ko‘rilayotgan to‘lqin uzunligi,
0 – o‘lchanayotgan o‘rtacha to‘lqin uzunligi. Oddiy sferik linzaning fokus masofasi F uning sirtlari egrilik radiuslari r va sindirish koefitsenti n orqali quyidagicha ifodalanadi:
F
1 (n 1)( 1 1 ) . (1)
r1 r2
Bu formuladan ko‘rinib turiptiki, har xil ranglarda linzaning fokusi undan har xil masofada joylashadi, ya’ni yakka linza oq nurni optik o‘q bo‘ylab spektrga yoyadi.
|
| |