|
v) Ko‘rish maydonining egriligi
|
bet | 8/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 172,93 Kb. | | #238539 |
Bog'liq optik aberatsiyalar (2)v) Ko‘rish maydonining egriligi. Ob’ektivning meredional va sagittal fokuslari o‘rtasidagi nuqtada tasvir eng aniq bo‘ladi. Biroq bu nuqta optik o‘qdan chetlashgan sari undagi tasvir fokal tekislikdan chetlashaboradi. Bu ko‘rish maydonining egriligini ko‘rsatadi. Ko‘rish maydonining egrilanishi 2 proporsional. Ko‘rish maydoni ikkinchi darajali egri sirtdan (sfera, paraboloid) iborat. Bunday holda, yaxshi tasvir olish uchun fotoplenkani shu sirt bo‘ylab joylashtirish (egish) kerak. Teleskop ob’ektivi ustolari fokal tekislikni yassi sirt darajasiga yetkazishga harakat qiladilar. Bunday ob’ektiv anastigmat deb ataladi va bunga misol Kukning (Kuk – amerikalik mashhur optik usto) uch linzali ob’ektividir.
g) Distorsiya. Bu optik sirt nuqsoni yulduz tasviri markazini bo‘zmaydi, biroq tasvir chetida to‘rtta uch hosil qiladi. Distorsiya bartaraf etilgan katta (5x50) astrograflar ixtiro etilgan. Masalan, O‘zFA Astronomiya institutining Kitob (Qashqadaryo) filialiga o‘rnatilgan astrograf to‘rtta linzadan iborat ob’ektivga ega.
O‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar teleskopning yuqori sifatli tasvir hosil bo‘ladigan maydonini, ko‘rish maydonini, kichraytiradi. Misol uchun 5 m li Polomar teleskopining (yorug‘lik kuchi 1:3.3) qoniqarli ko‘rish maydoni diametri 12 mm. Teleskop parabolik ko‘zgusining fokus masofasi 17 m va uning 12 mm ko‘rish maydon diametriga 2.5 yoy minuti to‘g‘ri keladi. Bu teleskopda Oy gardishi (burchakiy diametri 31 yoy minuti) chetlari koma tufayli noaniq ko‘rinadi. Bir xil shishadan yasalgan biri musbat ikkinchisi manfiy ikkita linzadan iborat Ross afokal sistemalari Polomar teleskoplarining ko‘rish maydonlari diametrlari 15 sm gacha
kattalashtiradi. Linzalar teleskoplarning fokusi yaqiniga o‘rnatiladi hamda endi, Oy gardishi, uning markazidan chetigacha, aniq ko‘rinadi.
Hozirgi paytda astrofizik tekshirishlarda keng qo‘llaniladigan Richi-Kreten (amerikalik astronom va optik ustolar Jorj Richi va A. Kreten) teleskopi ikkita giperbolik ko‘zgudan iborat. Giperbolik ko‘zguda manfiy (o‘qdan chetdagi nurlar o‘qdagi nurlardan uzoqroqda yig‘iladi) sferik aberratsiya kuzatiladi. Bosh ko‘zguning bunday sferik aberratsiyasi va komasini maxsus hisoblab yasalgan ikkinchi giperbolik ko‘zgu tuzatadi. Richi-Kreten teleskopining astigmatizmi va maydonning egriligi uning fokal tekisliklari oldiga qo‘yiladigan asferik shisha plastinka yordamida bartaraf etiladi.
|
| |