|
Optik o‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar va ularni kamaytirish yo‘llari
|
bet | 7/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 172,93 Kb. | | #238539 |
Bog'liq optik aberatsiyalar (2) Optik o‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar va ularni kamaytirish yo‘llari
Biz yuqorida, optik o‘qqa parallel nurlar hosil qilgan tasvirda kuzatiladigan aberratsiyalar bilan tanishib chiqdik. Bu tasvir optik o‘qda yotadi. Ob’ektivga uning optik o‘qiga qiyshiq tushayotgan parallel nurlar hosil qiladigan tasvir optik o‘qdan chetda hosil bo‘ladi va bunday tasvirda o‘qdan tashqi aberratsiyalar kuzatiladi. Bular koma, astigmatizm, ko‘rish maydonining egrilanishi va distorsiyadir.
Koma. Yulduzdan kelayotgan va teleskopning optik o‘qiga burchak ostida tushayotgan parallel nurlari dastasi hosil qilgan yulduz tasviri bu aberratsiya tufayli o‘qqa nisbatan radial yo‘nalishda cho‘ziladi yoki tasvirda radial yo‘nalishda
«o‘simta» paydo bo‘ladi (7-rasmga qarang). Tasvirning cho‘zilish miqdori tushish burchagiga hamda ob’ektiv zonalari radiusi kvadratiga proporsional bo‘ladi. Ob’ektivning chetki zonalaridan o‘tgan nurlar uning markazidan o‘tgan (paraksial) nurlarga nisbatan radial yo‘nalishda cho‘zilgan tasvirlar hosil qiladi. Koma ob’ektivning yorug‘lik kuchi (A) kvadratiga proporsional va yorug‘lik kuchi kam ob’ektivlarda u tasvirni ko‘p buzmaydi.
Refraktorlarda bir-biridan ma’lum masofaga uzoqlashtirilgan ikki linzali tizmlar yordamida xromatik, sferik aberratsiyalar va koma bartaraf etiladi va bunday ob’ektiv aplanat deb ataladi [10].
Parabolik ko‘zgularda koma kuchli bo‘ladi va u teleskopning fokal tekisligi yaqiniga o‘rnatilgan linza (afokal sistema) lar yordamida bartaraf etiladi. Ikki ko‘zguli teleskopik tizimlarda (Kassegren, Richi-Kreten) bosh ko‘zguning komasi maxsus hisoblashlar yo‘li bilan tanlangan ikkinchi ko‘zgu (u odatda, do‘ng giperbolik sirtga ega) bilan bartaraf etiladi.
rasm. Optik o‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar. a) manbalar, b) sferik abberatsiya, v) koma, g) astigmatizm.
Astigmatizm. Bu nuqson hatto kam yorug‘lik kuchga (A) ega teleskoplarning optik o‘qidan chetida kuchli bo‘lishi mumkin. Astigmatizm ob’ektivga tushayotgan parallel nurlar bilan optik o‘q orasidagi burchakning kvadratini A ga ko‘paytmasiga
proporsional bo‘ladi. Astigmatizm meredianal va ularga tik yo‘nalishdagi sagittal nurlarning fokusi har xil bo‘lishi bilan bog‘liq.
Optik o‘qqa buchak ostida tushayotgan parallel nurlarning yo‘nalishidagi ob’ektivning eng katta kesimi meredional, unga tik yo‘nalishdagi kesim esa sagittal kesim deb ataladi. Meredional kesm fokusi bilan sagittal kesm fokusi orasidagi masofa ob’ektivning astigmatik farqi (l) deb ataladi. Astigmatizm kuchli bo‘lsa, bu farq katta bo‘ladi va aksincha. Astigmatizm tasvirni buzmaydi deb hisoblanadi agar l 2/A2 bo‘lsa.
|
| |