• Katta aylana
  • "Aqliy hujum"
  • Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimiga kirib kelishi va rivojlanishi tarixi haqida ma’lumot




    Download 313,96 Kb.
    bet21/61
    Sana02.02.2024
    Hajmi313,96 Kb.
    #150561
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
    Bog'liq
    Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimig-fayllar.org (1)

    "Insert" texnologiyasi
    Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    1. Matnni qo’lda qalam bilan o’qib chiqish.


    2. O’qish davomida matnga maxsus belgilar qo’yib borish:


    + buni bilaman;


    buni bilmas edim;
    ? buni mukammal bilmoqchi edim;
    1. Matn bilan to’la tanishib chiqilgandan so’ng quyidagi jadval to’ldiriladi:


    4-jadval.


    Insert tenologiyasining jadvali


    Buni bilar edim.


    Buni bilmas edim.


    Mukammal bilishni xohlayman.



    +



    ?



    Katta aylana
    Birinchi bosqich. Guruh a’zolari o’rindiqlarga katta doira bo’yicha o’tirib olishadi. O’qituvchi muammoni ifoda etadi.
    Ikkinchi bosqich. Belgilangan vaqt mobaynida (masalan 10 minut) har bir o’quvchi individual ravishda qo’yilgan muammoni yechish yo’llarini yozib oladi.
    Uchinchi bosqich. Aylana bo’yicha har bir o’quvchi o’zining takliflarini bayon qiladi. Guruhning qolgan a’zolari uning fikrini izohlamay, tanqid qilmay, jim eshitishadi va har bir band bo’yicha taklifni umumiy qarorga kiritish yoki kiritmaslik haqida ovoz berishadi. Umumiy qarorga kiritilgan takliflar doskaga yozib boriladi.


    "Aqliy hujum"
    "Aqliy hujum" jamoa bo’lib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi.
    "Aqliy hujum"ning tamoyili juda sodda. O’qituvchi sinf oldiga masalani qo’yadi va o’quvchilardan ushbu masalani yechish bo’yicha o’zlarining fikrlarini bayon qilishni so’raydi. Ushbu bosqichda boshqa ishtirokchilarning g’oyalari haqida o’z fikrini bildirishga yoki unga baho berishga hech kimning haqqi yo’q.
    "Aqliy hujum" yordamida bir necha daqiqa ichida o’nlab g’oyalarni olish mumkin. G’oyalar soni asosiy maqsad emas. Ular to’g’ri yechimni ishlab chiqish uchun asos bo’ladi.
    "Aqliy hujum" ning qoidalari quyidagilardir:
    – taklif etilayotgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi;
    – ishda g’oyalar soni ko’p bo’lishi kerak;
    – har qanday g’oyani kengaytirishga, rivojlantirishga harakat qilish mumkin;
    – har bir g’oya yozib boriladi (juda bo’lmasa, ochqich so’zlar yoki iboralar yordamida);
    – aqliy xujum o’tkazish vaqti qat’iy o’rnatiladi va unga rioya qilinadi.
    "Aqliy hujum" tugagandan so’ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari, keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi. Tahlil qilinganda avvalo taklifning foydali jihatlariga e’tiborni qaratish lozim.

    Download 313,96 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




    Download 313,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimiga kirib kelishi va rivojlanishi tarixi haqida ma’lumot

    Download 313,96 Kb.