|
Mavjud dasturiy ta’minotdan foydalanish yoki uni qo‘lga kiritish
|
bet | 4/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 64,4 Kb. | | #233612 |
Bog'liq Dasturiy taminot turlariMavjud dasturiy ta’minotdan foydalanish yoki uni qo‘lga kiritish.
Yangi standart, tarmoq yoki alohida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish .
Bu bilan o‘z kuchlari bilan yoki ishlab chiqish haqidagi yoki chetdagi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqish haqidagi masala bevosita bog‘liq bo‘lib, u har doim ham tashkilotning ichki «Nou-Xau»si tomonidan aniqlanavermaydi. AT tashkilotiga dasturiy mahsulot ishlab chiqishni topshirish foydalimi yoki bunday dasturiy loyihani o‘z tashkilotida amalga oshirish foydalimi degan savolga javob, mohiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish iqtisodiy tabiatini namoyon qiladi (xarajatlar, foydalar, tahlil.
Ushbu savol echimi, xususan biznesga yo‘naltirilgan AKT tizimlari bo‘yicha mutaxassis vazifalariga kiradi. Shuning uchun ham bu o‘rinda ushbu mavzuga bundan keyin qaytilmaydi, faqat bir mulohazani qayd qilamiz, yani dasturiy loyihaning xarajat-foyda ishlab-chiqarish iqtisodiy tahlili masalaning fanlararo tipik qo‘yilishi bo‘lib, bunda O‘zbekistondagi o‘qitilgan barcha turli yo‘nalish AKT mutaxassislarining hamkorligi talab qilinadi.
Apparat vositalarining o‘zgarishi sababli, shuningdek yangi kompilyatorlar (Compiler) va operatsiya tizimlari sababli dasturiy ta’minot xizmat muddati davomida o‘zgarishlarning katta miqdori zarur bo‘lib qoladi. Ma’lum darajada ular “yuqoridan pastga” mos kelmaydi va eski tipdagi kompilyatorlar komandasini uzoqroq tutib turmaydi. Bundan tashqari ular dasturlashni osonlashtiradigan yangi komandalarning katta miqdoriga ega.
Keyingi sabab shuki, apparat vositalari yangi platformasidagi kompilyatorlarning dolzarb versiyasi ortiq ishlashga qodir emas va ularni tegishlisi bilan almashtirishga tayyorgarlik ko‘rish lozim. Bu asosda o‘zgarishlarning natijasi shuki, ko‘p hollarda iloji boricha ko‘proq dasturlarni tez o‘zgartira olish uchun ularni strukturalashtirmay shosxilishgan. O‘zgarishlarni qoniqarli xujjatlashtirishdan voz kechilganki, bu dasturlarni tushunarsiz qilgan.
Bundan tashqari, ko‘pincha shunday ham bo‘ladi, xodim tashkilotni tark etadi, dasturlarda xatolar bo‘ladi, xujjatlar to‘liq emas va shunday qilib bu dasturdagi Nou-Hau yo‘qotiladi. Shuning uchun ayrim tashkilotlar “So‘nggi chora”ni yangi tizimni qo‘lga kiritishda ko‘radi.
Shu bilan birga tan olishmaydiki yangi standart dasturiy ta’minotni rejalashtirish va kiritishning o‘zi ko‘pincha juda uzoq davom etadi va o‘z kuchlari bilan ishlab chiqilgan va yana kutish kerak bo‘ladigan bir qator to‘ldirishlar bilan tugaydi.
Mana shu sabablarga ko‘ra sanoatlashgan mamlakatlarda eski odatlarni yengib o‘tish yoki texnik xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida dasturiy ta’minot sohasida mashg‘ul bo‘lgan barcha xodimlarning 50 dan 80 foizigina mehnat qiladi. Qolgan 20-50 foiz xodim tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va uni kelgusida rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekistonda sovet davridan qolgan zamonaviy dasturiy ta’minot bilan baravar qo‘llaniladigan va albatta, dasturiy ta’minot bilan soddalashtirilmagan bir qator o‘ziga xos dasturiy ta’minot mavjudki, mamlakatda umuman olganda bu o‘ziga xos xususiyat bilan qiyoslasa bo‘ladigan vaziyat hukmron. Bu erda dasturchilar uchun dasturiy ta’minot xizmatini ko‘rsatish, uni bundan keyin rivojlantirish (takomillashtirish) bo‘yicha, zarurat tug‘ilganda esa mamlakatning iqtisodiy va ma’muriy jarayonlari uchun zarur bo‘lgan yangi dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatning keng maydoni mavjud.
Bu jihatdan mazkur darslikning “Xizmat ko‘rsatish va bundan keyingi rivojlanish” masalalari bo‘yicha alohida bobida e’tiborga olinadi.
Keyingi mulohozalar eng avvalo, dasturiy ta’minotning turlari va ularning vazifalari haqidagi tasavvurlar dasturlar yoki butun bir amaliy tizimlarni loyihalash, amalga oshirish va xizmat ko‘rsatishdagi harakat usullari va chizmalari bilan birga beriladi.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonini rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilishning keng tarqalgan usuli – bu dasturiy ta’minot ishlab chiqishda ishtirok etgan barcha shaxslarga qat’iy sura’tda faza chizmasining qo‘llanilishidir.
Bu bobda 3 ta keng tarqalgan faza chizmalari tavsiflab beriladi.
|
| |