|
Forward Engineering (Pog‘onali modul)
|
bet | 5/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 64,4 Kb. | | #233612 |
Bog'liq Dasturiy taminot turlariForward Engineering (Pog‘onali modul)
Spiral modul
V modul
Barcha 3 chizma uchun umumiy bo‘lgan amalga oshirish fazasida modul texnikasi qo‘llaniladi, shu bilan birga Top down loyiha va Bottom up loyihadan yondashuvning ikkita usuli ajralib turadi.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqishni davriy bo‘laklarga (= Phasen) bo‘lish haqidagi asosiy g‘oya uyg‘un umumiy jarayonini ishlab chiqishni pog‘onama-pog‘ona bosqichiga bo‘lish istagidir. Bu bilan dasturiy ta’minotni tayyorlash loyihasi ancha aniq bo‘ladi, ishlab chiqishning tegishli darajasi esa hatto bunda bevosita ishtirok etmaganlar uchun ham ochiq-oydin namoyon bo‘ladi.
Bu bobda keyingi bobda batafsil tushuntiriladigan xujjatlashtirishni olib borishning har xil texnikalaridan misollar keltiriladi.
Forward Engineering (Pog‘onali model)
Forward Engineering - model, shuningdek pog‘onali model deb nomlangan model bir-biridan ajratilgan to‘rt fazadan iborat: talablar tahlili, ixtisoslashtirilgan reja, dizayn va amalga oshirish. Har bir faza keyingi faza boshlanmasidan oldin qabul qilib olish bilan tugaydi.
Pog‘onali modeli dasturiy ta’minot ishlab chiqish usulining ana’naviy modelini bildiradi. Pog‘onali modelida har bir faza bir ma’noli ma’lum natijalar bilan (“Chaqirish ustunlari”) natijaning xujjatlari bilan va faqat bitta ustun bilan yaxshi belgilangan bosh va so‘nggi nuqtaga ega.
“Kaskad” ya’ni pog‘ona nomi (ingl.: Waterfall Model) fazaning kaskad ko‘rinishidagi tanlab olingan grafik tassavuridan kelib chiqadi (2.1-rasmga qarang).
Sodda modelning kengaytirilishi (qaytuvchi kaskad modeli) agar dolzarb fazada nimadir noto‘g‘ri ketsa, bitta pog‘ona yuqorida xatoni bartaraf qilish mumkin bo‘lishi uchun qadamma-qadam kaskadning “yuqorisiga harakat qilish” imkonini beradi.
Kaskad modelidan asosan rejalashtirish fazasida talablar, natijalar va jarayonlar nisbatan aniq bayon qilinadigan joyda foydalaniladi.
2.1-jadval: Kaskad model
|
| |