64
vaqtda harorat ko‘rsatkichlari alohida bo‘lgan ATSP da ishlatiladi, barcha lozim
bo‘lgan taxrirlarni mikrokontroller yordamida kiritiladi.
Kuchlanishning pH qiymatlariga taxminiy bog‘liqligi (shishali va xlor
kumushli elektrod bo‘lgan tizimlar uchun) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
- ko‘pgina zamonaviy bo‘lgan shishali elektrodlarni shunday tayyorlaniladiki,
xlor kumushli elektr yurituvchi kuch juftligida, pH = 7, ya’ni neytral muhitda
bo‘lganda taxminan nolga teng bo‘ladi.
-asosiy (ishqoriy) pH da (biroq, odatda, shishali elektrodlar uchun chegara -14
dan oshmaydi) datchik chiqishidagi kuchlanish 0 dan −0,41 V gacha (14-7)
−0,059 = −0,41) oraliqda bo‘ladi. Masalan, pH 10 (neytraldan 3 birlik yuqori),
(10-7) −0,059 = −0,18V.
- kislotali rN da, datchik chiqishidagi kuchlanish 0 dan +0,41V gacha oraliqda
bo‘ladi. Masalan, pH 4 (neytraldan 3 birlik past), (3-7) −0,059 = +0,18V.
Bufer eritmalar bo‘yicha kalibrovka qilishda ikkita asosiy sozlash bajariladi:
pH ni ma’lum bo‘lgan aniq qiymati bilan – nolni kuchaytirish va siljitish tiklik
xarakteristikalari o‘rnatiladi. Xuddi shunday ravishda izopotensial deb ataluvchi
nuqta (pH va, Ei) —pH qiymati va unga muvofiq bo‘lgan elektr yurituvchi kuch
sozlanadi, bunda elektr yurituvchi kuch tizimi haroratga bog‘liq bo‘lmaydi.
Zamonaviy elektrod tizimlarni (kuchli kislota va ishqorlar uchun maxsus
elektrodlar bundan mustasno qilinadi) +/- 50mV oraliqlardagi elektr yurituvchi
kuch va pH = 7 atrofida bo‘lgan izopotensial nuqtada qilinadi. Ushbu tavsiflar
shisha elektodlarni har bir turi uchun ko‘rsatiladi.