53
shayinni pastki nixoyalarida yana 2 ta prizma joylashgan bo‘lib sirg‘alar
yordamida pallalar osilgan. SHayinni o‘rtasidagi
pastki qismida strelka
mahkamlangan, u shkala bo‘yicha shayinni muvozanat holatidan og‘ishini
hisoblashga imkon beradi. Torozilar plastmass yoki shisha asoslarga
maxkamlanadi hamda old devorida shishadan qilingan va shishadan tayyorlangan
yondosh eshikchali, ko‘tariluvchi moslamali g‘ilof
sifatidagi quticha bilan
yopilgan.
Agatli prizmalar qirralarini muddatidan ilgarigi eyilishlarini oldini olish
maqsadida torozilar arretir bilan jixozlangan. (Fransuzcha arreter – mexanik
moslama bo‘lib, aniq o‘lchash asboblarini harakatlanuvchi
qismiga tasodifiy
silkinishlarda uni buzilishini istes’no etuvchi xolatda mahamlanadi). Arretir
moslamasi shayinni va pallalarni bir oz yuqoriga ko‘tarishga va prizma qirrasini
o‘ziga xos yostiqchasidan chiqishiga imkon beradi. Torozilarni arretirlashtirish va
prizmani
bosimdan xalos etishga, torozi plitasi ostiga joylashtirilgan dastak
xizmat qiladi. Tarozilardan foydalanilmaganda,
shuningdek tortish vaqtida
yuklanishlarni almashinishida, torozilar arretirlangan bo‘lishi lozim.