Ishni bajarish tartibi 1. Pirometr yordamida haroratni aniqlashga xos laboratoriya ishini umumiy
ko‘rinishi 2.6-rasmda keltirilgan.
2. Laboratoriya stendini 220 V kuchlanishdagi o‘zgaruvchan tokda ishlaydi.
Ishlarni xavfsizligi ta’minlash va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan
xolda laboratoriya stendini albatta erga ulash kerak.
3. Pirometr va qizdiruvchi elementni teng turganligiga, aloqa kabelini qayd
etuvchi bilan ulanganligiga ishonch hosil qilish.
4. YUqorida ko‘rsatilgan bayonnomaga muvofiq o‘lchanuvchi ob’ektni
qamrov zonasini hisoblashni o‘tkazish.
5. Qurilmadagi tumblerni «Ulash» xolatiga o‘tkazish orqali tok manbaiga
ulang.
2.6-rasm . Pirometr yordamida haroratni aniqlash bo‘yicha
laboratoriya ishining umumiy ko‘rinishi.
6. «I» boshqaruvchi bilan qizdiruvchini dastlabki tokini o‘rnating.
O‘rnatilgan tok qayd etuvchida yoritib ko‘rsatiladi.
7. Pirometr tugmasini bosish bilan qizdiruvchini haroratini o‘lchang.
8. Pirometrni joyidan tushiring va haroratni har xil masofadan turib o‘lchashni
o‘tkazing. O‘lchash natijalarini jadvalga yozing.
51
9. «I» boshqaruvchi bilan tokni keyingi qiymatlarini o‘rnating va o‘lchashni
qayta o‘tkazing.
10. Haroratni o‘lchash natijalarini «T» dastak yordamida qayd etuvchiga
kiriting, keyin esa qayd etuvchidagi tugmani bosing. Ma’lumot koimpyuterga
jo‘natiladi.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 1. Pirometrlarni ishlash prinsiplarini tushuntirib bering.
2. Pirometrlar turlari haqida gapirib bering.
3. Pirometrlarni qo‘llanilishi.
52
3-LABORATORIYA ISHI ANALITIK TOROZILARNI QIYOSLASH Ishdan maqsad: Analitik torozilarni tuzilishi va ishlash prinsiplarini
o‘rganish. Qiyoslash usullari bilan tanishish.