56
hisoblangan shkala bilan ta’minlangan. Optik qurilma yordami bilan mikroshkala
tarozi ustuni oldidagi ekranga proeksiyalanadi.
Elektron tarozilarida tortib ko‘rish jarayoni tortiladigan yukni va qiymati
torozini blokidagi xotirada saqlanadigan etalon kalibrovka yukni qiyyoslashdan
iborat bo‘ladi. O‘lchash prinsiplariga qarab elektron tarozilari tenzotorozlar yoki
elektromagnit tizimidagi tarozilar bo‘lishi mumkin.
Eng oddiy elektron tarozi bo‘lgan –tenzotarozili tortib ko‘rishlar, torozi
pallasiga bog‘langan egiluvchan jism kuchlanishini o‘lchash vositasida bo‘lib
o‘tadi. Elektromagnit tizimidagi tarozilar – bu dastaklar va prujinalarning
murakkab tizimlari orqali tortiladigan yukni muvozanatlantirish asosan
elektromagnit g‘altak va undan o‘tuvchi tokni o‘lchash yordamida amalga
oshiriladigan tarozilardir. Bunday tarozilar uzoq muddatli foydalanishlarga ega,
chunki ularda mexanik qismlari deyarli harakatlanmaydi - tarozilar har vaqt
muvozanat xolatda bo‘ladi.