Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/70
Sana17.12.2023
Hajmi3,42 Mb.
#121615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎУВ ЎЛЛАНМА

11-Laboratoriya ishi. Xramatograflarning tuzilishi, ishlash printsipi, 
qo”llanilishi va ularni qiyoslash ………………………………………… 
147 
Adabiyotlar ro’yhati…………………………………………………… 
165 
 


5
KIRISH 
 
«Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» fanining maqsadi – 
injener - texnolog mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun
metrologik ta’minot, elektrik va noelektrik metrologik parametrlarni 
standartlashtirish asoslarini o’zlashtirish, o’lchov hamda ishlab chiqarishda 
qo’llaniladigan o’lchov - asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va amaliy bilimga 
ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli soxalarida, 
sanoatda, texnikada, iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab chiqarishda nazorat va 
iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va standartlar bilan 
ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.
Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13-
noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan. 
«Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» fanini bakalavrlarga 
o’qitishning asosiy maqsad va vazifalariga quyidagilar kiradi:
Talabalar “«Tibbiyot qurilmalarini o’lchash asoslari»” fanini o’rganish 
jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim: 
- o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish. 
- o’lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish 
usullarini o’rganish. 
- Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni 
o’rganish va mukammal bilib olish; 
- tibbiyot qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi va ular yordamida
o’lchash; 
- tibbiyot qurilmalarini qiyoslash tartib-qoidalarini bilishlari; 
- Metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish 
- Baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy 
qismi haqida umumiy ma’lumotlarni bilish. 


6
- Elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash 
- o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni 
bilish 
Talabalar fanni o’rganishi natijasida elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni 
o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak. 
Metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning xuquqiy va me’yoriy 
nizomlarini, Davlat standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari 
shart. 
O’lchash usullari, qurilmalari, elektr o’lchash asboblarining o’lchash 
sxemalari, texnik tavsiflari, qo’llanilish sohalari va o’lchash texnika xavfsizligi 
qoidalarini bilishlari kerak. 
Asosiy fizik kattaliklar o’lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini 
bilishlari kerak. 
Har bir talaba o’lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni 
o’lchash uchun asboblarni tanlay olishlari, elektr o’lchash asboblarini ulashni va 
o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak. 
«Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» fani tibbiyot 
qurilmalari yordamida o’lchash, ularni qiyoslash va ularning nazariy asoslarini 
o’rganadigan fan bo’lib, umumiy fizika kursida o’rganilgan parametr va
kattaliklarni sanoat va ishlab chiqarishga tatbiq qilgan holda ko’rib chiqiladi. 
«Tibbiyot qurilmalarini o’lchash asoslari» fani fizik – kimyoviy parametrlarni 
o’lchashni, universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarning nazariy 
asoslarini hamda elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash 
vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, elektrotexnika 
asoslari va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi.
Metrologik jarayonlarni o’lchash va o’lchash texnikasini ishlab chiqarishga 
keng joriy etish uchun har bir injener – texnik hodim metrologiya asoslaridan 
texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o’lchash 
jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi 
zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, 


7
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga 
ko’tarishga xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. 
Shuning uchun «Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» 
fani dorishunoslik yo’nalishi bo’yicha injener-texnik xodimlar uchun asosiy 
ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas qismi 
hisoblanadi. 
Metrologiya fani ilmiy- texnika taraqqiyotida yetakchi rol o’ynaydi. Shuning 
uchun talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini 
muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan 
olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari 
uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan, 
ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va 
kompyuterdan foydalangan holda olib boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash 
sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga 
tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi.
Talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini 
muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan 
olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari 
uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan, 
ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va 
kompyuterdan hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib 
boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda 
o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy 
zamin bo’ladi. 
«Metrologiya va standartlashtirish» o’quv qo’llanmada elektr o’lchamlar 
bo'yicha laboratoriya ishlari, fanning nazariy asoslaridan qisqacha ma’lumotlar, 
har bir laboratoriya ishlarini bajarish uchun tushuntirish hamda ko'rsatmalar 
keltirilgan. Har bir laboratoriya ishining bayonida ishlarni bajarish bo'yicha 
ko'rsatmalar, hisobotni tayyorlash, mustaqil tayyorlanish uchun savollar, 
adabiyotlar ro'yxati, laboratoriya qurilmasi va asboblarning tuzilishi, mustaqil 


8
ishlarga doir ma’lumotlar keltirilgan. Talabalar bajaradigan laboratoriya ishlari 
ikki qismga ajratilgan bo’lib, birinchi qismda o’lchash asboblarini (ampermetr, 
voltmetr va boshqalar) qiyoslash bo’yicha laboratoriya ishlari keltirilgan. 
Ikkinchi qismda esa oziq-ovqat va dori vositalarini standartlash uchun 
ishlatiladigan 
qurilmalarni 
(analitik 
tarozi, 
spektrofotometr, 
pH-metr, 
konduktometr va xokazolar) qiyoslash bilan bog’liq bo’lgan laboratoriya ishlari 
keltirilgan. Nazariy bilimlarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun elektr 
o’lchash asboblari va ularning sxemalari keltirilgan.
Birinchi dars talabalarni texnika xavfsizligi, laboratoriyadagi qurilmalarning 
tuzilishi, kerakli o'lchov asboblari va uskunalar bilan tanishtirishga bag'ishlanadi. 
Keyingi darslarda laboratoriya ishlari oldindan berib yuboriladi va talabalarning 
laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorlanganligi o'qituvchi tomonidan so'rab 
aniqlanadi. O'tilishi kerak bo'lgan laboratoriya ishiga talabalar oldindan tay- 
yorlanib kelishlari shart. 
O’quv qo’llanmada keltirilgan laboratoriya ishlarini bajarib, natijalari olinib, 
jadvallarni to’ldirib tayyorlagandan so'ng, dastlabki hisoblarni bajarishni masalalar 
yechimini elektron mikrokalkulyatorda bajarish mumkin. Grafiklar va chizmalar 
GOST bo'yicha bajarilishi shart. Grafiklarni millimetrli qog'ozlarga har xil rangli 
raqamlar yoki flamasterlar bilan chizish maqsadga muvofiqdir. 
O‘quv qo‘llanma bilan tanishib chiqib, qimmatli maslahatlari bilan uning 
sifati va mazmunini yaxshilashga o‘z xissalarini qo‘shgan Toshkent Temir yo‘l 
muxandislari institutining “Temir yo‘llari elektr ta’minoti ” kafedrasining mudiri, 
texnika fanlari doktori, professor S. Amirovga va Toshkent farmatsevtika instituti 
Biotexnologiya kafedrasining dotsenti, farmatsevtika fanlari nomzodi F.X. 
To‘xtaevlarga muallif o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi. 
Shubhasiz, o‘quv qo‘llanma ba’zi bir kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi 
mumkin. O‘quv qo‘llanmaning yutuqlari va kamchiliklari haqidagi o‘z fikr-
mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuborishingizni so‘raymiz: E-
mail: 
sabitjan1957@mail.ru
.  


9
O‘quv qo‘llanma haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini yozib yuborgan
kitobxonlarga muallif oldindan o‘z minnatdorchiligini bildiradi. 

Download 3,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida

Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish