Haroratni o‘lchash usullari




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/70
Sana17.12.2023
Hajmi3,42 Mb.
#121615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎУВ ЎЛЛАНМА

Haroratni o‘lchash usullari  
Qandaydir bir jismning harorat qiymatini aniqlash uchun harorat etalonini 
tanlash kerak, ya’ni muvozanatdagi va etarli darajada oson tiklanuvchi ma’lum bir 
sharoitlarda, aniq bir qiymatdagi haroratga ega bo‘lgan jism. Haroratni ushbu 
qiymatlari haroratni o‘ziga xos shkalasida reper nuqta bo‘lib hisoblanadi.
Haroratni shkalasi - u yoki bu jismning haroratini miqdoriy aniqlashga imkon 
beruvchi, harorat qiymatlarini tartiblashtirilgan ketma-ketligidir. Haroratni 
shkalasi bilvosita o‘lchash usuli orqali haroratga bog‘liq biron-bir fizik parametrni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash yo‘li bilan jismni haroratini aniqlashga imkon beradi.
Ko‘pgina hollarda, harorat shkalasini olishda suvni xususiyatlaridan 
foydalaniladi. Me’yordagi atmosfera bosimida muzni erish va suvni qaynash 
nuqtasi zamonaviy harorat shkalalarida, reper nuqtalar sifatida tanlanadi va bu 
haroratni o‘lchash usullari Anders Selsiy (1701 - 1744), Rene Antuan Fersho 
Reomyur (1683 - 1757), Daniel Gabriel Farengeytlar (1686 - 1736) tomonidan 
taklif etilgan. Farengeyt tomonidan hozirgi vaqtda ham keng miqyosda 
qo‘llaniladigan spirtli va simobli termometrlar yaratilgan. Reomyur va 
Farengeytlarning harorat shkalalaridan hozirgi vaqtda AQSH, Buyuk Britniya va 
boshqa mamlakatlarda qo‘llaniladi.


16
1742 yilda kiritilgan, normal atmosfera bosimida (1 atm yoki 101 325 Pa) 
suvni muzlash va suvni qaynash nuqtalari haroratlari oralig‘ini yuzta teng qismga 
ajratishni taklif qilgan Selsiyni harorat shkalasidan bugunga kelib ham keng 
miqyosda foydalanilmoqda. Selsiy shkalasidagi bir daraja bir kelvinga teng kabi 
hisoblanadi (quyiga qarang). Bunda muzni erish harorati 0
o
C ga teng deb olinadi 
suvni qaynash harorati esa taxminan 99,975
o
C ga teng bo‘ladi. Bunda vujudga 
kelgan xatoliklar, qoidaga ko‘ra, muxim axamiyat kasb etmaydi, chunki 
foydalaniladigan ko‘pchilik spirtli, simobli va elektron termometrlar etarlicha 
aniqliklarga ega emas (har qalay, odatda bunga extiyoj ham bo‘lmaydi). Bu esa 
ko‘rsatilgan, uncha katta bo‘lmagan tuzatishlarni inobatga olmaslikka imkon 
beradi. 
Xalqaro birliklar sistemasini kiritilishi bilan (SI) ikkita harorat shkalalarini 
qo‘llash tavsiya. Birinchi shkala – termodinamik bo‘lib, foydalanilayotgan 
maxsul (ishchi jism) xossalariga bog‘liq emas va Karno sikli vositasida kiritiladi. 
Ushbu harorat shkalasida haroratni o‘lchash birligi bo‘lib kelvin (1K) xizmat 
qiladi, u SI sistemasidagi etti asosiy birlikning biri bo‘lib sanaladi. Bu birlik
ushbu shkalani ishlab chiqqan va haroratni o‘lchash birligi kattaligi Selsiyni 
xarorat shkalasi kabi saqlab qolgan ingliz fizigi Uilyam Tomson (lord Kelvin) 
(1824 - 1907) sharafiga qo‘yilgan. Ikkinchi tavsiya qilingan shkala- xalqaro 
amaliyotdagi shkala bo‘lib – bir qator sof maxsullarni fazaga oid o‘tishlarida 11ta 
reper nuqtadagi haroratga ega, bunda ushbu nuqtalarning harorat qiymatlari 
hamisha aniqlanib turadi. Xalqaro amaliyotdagi shkalada haroratni o‘lchash birligi 
bo‘lib 1 K xizmat qiladi. 
Hozirgi paytda haroratga xos bo‘lgan, ham termodinamik shkalani va ham 
halqaro amaliyotdagi shkalani asosiy reperi bo‘lib, suvni uchyoqlama nuqtasi 
hisoblanadi. Bu nuqta bir vaqtni o‘zida qattiq, suyuq va gazsimon holatda amal 
qiluvchi harorat va bosim qiymatlariga qat’iy muvofiq keladi. Bunda, agar 
termodinamik tizimni holati faqatgina harorat va bosim qiymatlari bilan 
aniqlansa, unda uch yoqlama nuqta bitta bo‘ladi. SI sistemasida suvning 
uchyoqlama harorati bosim 609 Pa bo‘lganda 273,16 K ga teng kabi olingan. 


17
Haroratni etalon yordamida aniqlanadigan reper nuqtalarni berilishidan 
tashqari, jismning belgilari haroratni o‘zgarishlarini bildiradigan yoki 
termometrik belgilarni o‘zgarishlarini fizik kattaliklarini bayon etuvchi, 
termodinamik xossalarini tanlash kerak. Bu xossalar oson barpo qilinuvchi, fizik 
kattaliklari esa –oson o‘lchanuvchi bo‘lishi kerak. Ushbu fizik kattalikni o‘lchash -
reper nuqtalariga nisbatan oraliqdagi harorat nuqtalarining termasini ( va ularga 
xos bo‘lgan harorat qiymatini) olishga imkon beradi. 
Termometrik belgilarini o‘lchash yordamida haroratning o‘lchashni amalga 
oshiriladigan jism termometrik jism deb ataladi.
Ishlash prinsipiga qarab, barcha termometrlar va ular yordamida o‘lchash 
usullari quyidagi guruxlarga ajratiladi: 
1. Haroratni o‘zgarishlarida suyuqliklar yoki qattiq jismlarning hajmlarini 
o‘zgarishiga asoslangan va -260 dan +700°S gacha temperatura o‘lchash 
diapazoniga ega bo‘lgan - kengayish termometrlari (1.1-rasm.). 
2. Harorat o‘zgarishidan shakllangan yopiq hajmdagi suyuqlik, bug‘ yoki 
gazni bosimiga bog‘liq holda haroratni o‘lchash va -200 dan +600°S gacha 
temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan - manometrik termometrlar.
3. O‘tkazgichlar va yarim o‘tkazgichlarning elektr qarshiligini yoki 
solishtirma qarshiligini o‘zgarishi asosida haroratni o‘lchash va -270 dan +750°S 
gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan - qarshilik termometrlari.  
4. Harorat ta’sirida o‘zgargan elektr yurituvchi kuchning o‘zgarishini 
o‘lchashga asoslangan va -50 dan +1800°S gacha temperatura o‘lchash 
diapazoniga ega bo‘lgan - termoelektrik termometrlar; 
5. Qizdirilgan jismdan ajralib chiquvchi nurlanish energiyasi (ob’ektning 
ravshanligini, energiyasini va quvvatini o‘zgarishi asosida ) jadalliklarining 
qiymati bo‘yicha haroratni o‘lchashga asoslangan va 500 dan 100000 °S gacha 
temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan - nurlanish pirometrlari.
-272 dan +1000 °S gacha bo‘lgan, elektrofizik xodisalarga asoslangan 
termometrlar (termoshovqinli, termoelektrik uzatgichli, hajmiy rezonansli
termouzatirgichlar, yadroviy rezonansli).


18

Download 3,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish