Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/70
Sana17.12.2023
Hajmi3,42 Mb.
#121615
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎУВ ЎЛЛАНМА

Kengayish termometrlari 
Kengayish termometrlari uchta guruxga bo‘linadi:
- suyuqlikli termometrlar
- dilatometrik termometrlar; 
- bimetalli termometrlar. 
Suyuqlik termometrlarni ishlash prinsipi asosan o‘zgaruvchan haroratlarda 
moddani issiqlikdan kengayish xossalariga asoslangan. Bunday holatda haroratni 
aniqlash kapillyar trubkada suyuqlik hajmini ko‘rinuvchi o‘zgarishlari kattaligi 
bo‘yicha olib boriladi. Termometrik suyuqlik sifatida simob, etil spirti, kerosin, 
toluol, pentan qo‘llaniladi. Haroratni o‘lchash dapazoni -260 dan +600°S gacha 
oraliqni tashkil etadi. Suyuqlik termometrlarning kamchiliklariga ularni nozikligi, 
atrof-muxitni ifloslashi mumkinligi, ta’mirlashga yaroqsizligi kiradi. Mexanik 
talofotlanishdan himoyalash uchun termometrlarga himoyalash armaturalari
ishlab chiqilgan.
1.1-rasm. Suyuqlikga xos shishadan qilingan kengayish termometrlari: 
a, b - texnik; g – laboratoriyaga xos kimyoviy; v –yog‘ochli, ikki kontaktli , 
burchakli elektrotermoregulyator; d –kontaktga xos termometr. 
 
Dilatometrik va bimetallik termodatchiklar. Dilatometrik va bimetalli
termodatchiklar binolardagi havo haroratini signallashtirish va boshqarish uchun, 
hamda suyuq va gazsimon muxitni nazorat etib turish uchun mo‘ljallangan (havo, 
suv va boshq.). Dilatometrik termometrlarni ishlash prinsipi metall stejenlarni 
chiziqli o‘lchamlarini o‘zgarishi asosida muhitning haroratini aniqlashga


19
asoslangan.
Haroratni o‘lchash diapazoni --150
o
S dan +1000°S gachani tashkil 
etadi. 
Bimetalli 
termometrlarni 
ishlash 
prinsiplari 
kegayishning 
harorat 
koeffitsientlari turlicha bo‘lgan ikki metalldan tashkil topgan plastinkalarni 
bukilishlarini o‘zgarishi asosida haroratni aniqlashga asoslangan.
Haroratni 
o‘lchash diapazoni -100 dan +600°S gacha. 
Rele –datchiklari ko‘rsatkichli asbob emas, aksincha kontaktlarni ishlashida
haroratni ko‘rsatish shkalasiga ega. Dilatometrik termometrlarni sezuvchan 
elementi asosan chiziqli kengayish haroratini katta koeffitsieti mavjud bo‘lgan 
(latun, alyuminiy va boshq.) metaldan tayyorlangan turbkadan (1.2-rasmga qarang) 
hamda truba ichida joylashgan kengayishi kichik bo‘lgan metaldan (maslan invar)
yasalgan 2 ta serjendan tuzilgan. Asbob trubkasi nazorat qilinayotgan muhitga 
joylashtiriladi. Muxit haroratini o‘zgarishiga bog‘liq xolda sterjenning chiziqli 
uzunligi
1.2-rasm. Dilatometrik termometrlarni tuzilishi. 
o‘zgaradi va shu asosda muhitning harorati aniqlanadi.
Bimetalli kuzatgichlarda, sezuvchan element sifatida uzunligi bo‘yicha 
ikkita kavsharlangan, haroratga xos chiziqli kengayish koeffitsenti turlicha 
(masalan misdan, va invardan) bo‘lgan metallik plastinalar - 1,2 (1.3-rasm) tarkib 
topgan plastina va spiraldan foydalaniladi.


20
Muhit haroratini o‘zgarishida bimetalli plastinka (spiral) uzatgichni 
sezuvchan elementini aralashtirgan xolda yoki kontaklarni qayta ulash bilan 
buklanadi.
11.3-rasm. Bimetalli termometrlarni tuzilishi. 
Ishlab chiqarishda ikki pozitsiyali bo‘lgan DTKB (bimetalli) turdagi va
TUDE (dilatometrik) turdagi, shuningdek uch pozitsiyali bo‘lgan TB-EZK 
(bimetalli) turdagi termodatchiklardan foydalaniladi.
Barcha modifikatsiyadagi dilatometrik va bimetalli termodatchiklar istalgan 
holatda montaj qilinadi (vertikal, og‘ma, gorizontal). DTKB turidagi bimetalli 
kameraga xos datchiklar poldan 1,8...2 m balandlikda o‘rnatiladi.
Quvur o‘tkazgichda muhit haroratini o‘lchashda dilatometrik termometrni 
sezuvchan elementining o‘rtasi oqim o‘qi bilan muvofiq kelishi darkor. Zarur
bo‘lganda sezuvchan element gilzaga joylanadi, lekin bunda termometrni issiqlik 
inersionligi kuchli o‘sib boradi. Bimetalli rele- datchiklarni chuqurchalarga va 
turli dekorativ elementlar orqasiga o‘rnatish kerak emas, ular asbob yaqinida 
havoni me’yorda aylanishlariga to‘siqlik qiladi, o‘lchash xatoliklarini muxim 
darajada oshirib yuboradi. SHuningdek Bimetalli rele - datchiklarni tashqi issiqlik
manbai ta’siri mavjud bo‘lgan joylarda (isitgich batareyalari, quyosh radiatsiyasi 
va sh.o‘.) o‘rnatilmaydi. Asbobdan devorgacha bo‘lgan masofa 50...70 mm.dan 
kam bo‘lmasligi kerak. Montaj qilishda va foydalanishda asbob atrofida havoni 
erkin almashinishi, atrof-muxitni nisbiy namligi - 30...80 % bo‘lishiga e’tibor 
berish lozim. 
Bimetalli termometrlar xona haroratini o‘lashda juda keng tarqalgan. 
Termometrni asosiy xatoliklari boshqaruv diapozonidan 1-3% ni tashkil etadi. 


21
Bimetalli termometrlarni asosiy kamchiliklaridan biri bo‘lib, individual 
darajalanishni talab qilinishi sanaladi, u namunaviy termometr ko‘rsatkichlarini 
taqqoslash yo‘li bilan olib boriladi, bu esa sezuvchan bimetall plastinkalarni tezda 
almashtirishga imkon bermaydi.
Termodinamik datchiklarga texnik xizmat ko‘rsatish - metrologik xizmati 
o‘rnatilgan grafik bzyicha davriy ko‘rikdan o‘tkazib turish va ko‘rsatilgan aniqlik 
sinfiga mos kelishini tekshirib turishdan iborat.

Download 3,42 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida

Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish