154
ma’lum bir ulushini tashkil qiladi. Gaz tashuvchi yordamida namuna, ya’ni
analiz
qilinayotgan modda kolonkadan yaxshi, oson o’tishi uchun yuqori bosim hosil
qilinadi. Gaz tashuvchi ya’ni harakatlanuvchi faza namuna bilan aralashib
ketmasligi uchun odatda gaz tashuvchi sifatida inert gaz – geliy yoki reaksiyaga
kirishmaydigan azot kabi gazlar olinadi. Metalldan yoki shisha trubkadan iborat
bo’lgan kolonka suyuqlikning yupqa qatlamidan yoki qattoq taglikga surtilgan
polimer (statsionar faza) dan iborat bo’ladi. Modda tarkibidagi komponentlar har
xil qaynash temperaturasiga ega bo’ladi, shuning uchun ular temperature oshishi
natijasida kolonka devorlari bilan har xil ko’rinishda o’zaro ta’sirlashadi. Bu har
bir komponentni har xil vaqtda kolonkadan o’tishiga olib keladi. Komponentlarni
o’tish vaqtlarini o’zaro solishtirish asosida modda tarkibidagi komponentlarni sifat
va miqdoriy ko’satkichlarini aniqlash va ularni analiz qilish mumkin.
11.6-rasm. Gazli xramatograf qurilmasinig tuzilish sxemasi.