Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Areometrlarning tuzilishi, ishlash printsipi va ularni qollanilishini
to’g’risida ma’lumot bering.
2. Areometrlar qanday qonuniyat asosida ishlaydi. Tushuntirib bering.
3. Zichlikni aniqlash uchun qanday areometrlardan foydalaniladi?
4. Moddalarni konsentrasiyani aniqlash uchun qanday areometrlardan
foydalaniladi?
5. Areometrlar qanday qiyoslanadi?
141
10-LABORATORIYA ISHI
REAKTORLARNING TUZILISHI, ISHLASH PRINTSIPI,
QO”LLANILISHI VA ULARNI QIYOSLASH
Ishdan maqsad: Reaktorlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni
qo’llanilishi.
Vazifa: Reaktorlarning tuzilishi va ishlash prinsiplarini talabalarni
tanishtirish va ularni ishlatilishini o‘rgatish.
Asboblar va qurilmalar
1. Reaktorlar va bu reaktorlarni qo’llanilishi bo’yicha passport.
Nazariy qism
Farmasevtika va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati uchun
mo’ljallangan reaktorlar turli xil kimyoviy-texnologik jarayonlarni amalga
oshirish, jumladan, dori vositalarini tayyorlash, gidrolizlash, krisstalizatsiyalash,
bug’latish,
moddalarni
eritish,
kimyoviy
o’zgarishlar
hosil
qilish,
tayyorlanayotgan mahsulotga turli temperaturalarda ishlov berish va mahsulotlarni
turli temperaturalarda tayyorlash uchun mo’ljallangan (10.1-rasm).
10.1-rasm. Dori vositalari ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan
har xil xajmdagi reaktorlarning umumiy ko’rinishi.
142
Sanoat
miqyosida
mahsulotlar
tayyorlash
uchun
mo’ljallangan,
zanglamaydigan po’latdan yasalgan qozonlar reaktorlar deb ataladi. 10.1-rasmda
ishlab chiqarishda qo’llaniladigan mahsulotlar tayyorlash uchun mo’ljallangan turli
xajmdagi reaktorlar tasvirlangan. Tayyorlanayotgan mahsulotning miqdoriga qarab
turli xajmdagi reaktorlardan foydalanish mumkin.
Dori vositalari ishlab chiqarishda ko’proq MAX Clean Room firmasida
ishlab chiqarilgan reaktorlardan foydalaniladi. Bu reaktorlar nafaqat dori vositalari,
balki kimyiviy mahsulotlar, sellyloza mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va
parfyumeriya mahsulotlari tayyorlashda keng miqyosda qo’llaniladi. Bu reaktorlar
yordamida turli fizik xolatga va kimyoviy tarkibga ega bo’lgan dorilar: mazlar,
gellar, tomchi dorilari, har xil miksturalar, infuzion eritmalar va suppozitoriylar va
turli agregat xolatidagi boshqa dori vositalari ishlab chiqariladi (10.2-rasm, a va b
).
a)
b)
10.2-rasm. Dori vositalari tayyorlash uchun mo’ljallangan 100 litrli (a) va
1000 litrli (b) reaktorlarning umumiy ko’rinishi.
143
Yuqorida keltirilga zamonaviy dori vositalari tayyorlash uchun mo’ljallangan
reaktorlar to’liq zanglamaydigan po’lat metalldan yoki qisman po’lat metalldan
tayyorlangan bo’ladi. Qisman po’lat metalldan tayyorlangan reaktorlar qozonining
ichki qismi zanglamaydigan po’lat metal bilan qoplangan bo’ladi. Dori vositalari
tayyorlash uchun mo’ljallangan reaktorlarning konstruksiyasida shtutser
o’rnatilgan bo’lib, u asosan issiq va sovuq havoni aralashtirib berish uchun
mo’ljallangan. Reaktor qozonining ichki qismida tayyorlanayotgan mahsulot bir
tekis qizdirilishi va sovitilishi uchun aralashtirgich o’rnatilgan. Aralashtirgich
reaktor qopqog’ining ustki qismida o’rnatilgan motor yordamida aylantiriladi.
Qozondagi temperaturani nazorat qilish va uni boshqarish uchun mo’ljallangan
datchik qozonning pastki qismida o’rnatilgan. Xuddi shunday tuzilishga ega
bo’lgan “Max Clean ROOM” firmasida ishlab chiqarilgan reaktorlar 10.4-rasmda
tasvirlangan.
10.4-rasm. “Max Clean ROOM” firmasida ishlab
chiqarilgan reaktorlar.
“Max Clean Room” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan reaktor va
aralashtirgichlar turli xildagi suyuqlikli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun
buyurtma asosida tayyorlab beriladi. Aralashtirgichlar ko’proq kimyo,
kosmesevtika, oziq-ovqat va farmasevtika sanoatida turli xildagi suspenziya,
emulsiya va eritmalarni tayyorlashda qo’llaniladi. Buyurtmachilarning talabiga
asosan qurilmalarda turli xildagi aralashtirgichlar va temperaturani electron
144
ko’rinishda boshqarish bloklari o’rnatib beriladi. Bu aralashtirgichlarning xajmi 10
litrdan 2000 litrgacha bo’lib, xona temperaturasidan 90 gradus selsiygacha bo’lgan
temperatura oralig’ida mahsulot tayyorlash uchun mo’ljallangan. Bu
aralashtirgichlarning ishchi muhiti neytral, agressiv suyuqliklar va boshqa
mahsulotlar
tayyorlash
uchun
mo’ljallangan.
U
qurilmalardagi
aralashtirgichlarning tiplari qanday mahsulot tayyorlanishiga qarab turli
ko’rinishda, masalan, yaproqchali, turbinali, yakorli, ramali va propellerli bo’lishi
mumkin. Bu qurilmalarning tiplari quyidagisha bo’lishi mumkin:
- tekis, qiyasimon yoki konussimon taglik bilan;
- polga yoki platformaga o’rnatiladigan;
- qozonning qopqog’i qozonga mahkamlangan yoki undan yechiladigan
xolda;
- aralashtirish jarayonida mahsulotni qizdirish yoki sovitish mumkin bo’lgan
har xil ko’rinishdagi reaktor va aralashtirgichlardan foydalaniladi.
10.5-rasm. ”Promvit” kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqarilgan reaktorning umumiy ko’rinishi.
Keyingi 20 yil davomida Ukrainaning ”Promvit” kompaniyasi farmasevtika
sanoatida har xil turdagi dori preparatlarini tayyorlash uchun xajmi 5 litrdan 3000
litrgacha bo’lgan sig’imli reaktorlarni ishlab chiqarmoqda. Bunday reaktorlardan
biri RCDP-500 BK tipidagi reactor bo’lib, u quyidagi texnik xarakteristikalarga
ega (10.5-rasm):
- ishchi xajmi – 500 l;
- sig’imning qopqog’i ochilib yopiladigan ko’rinishda ishlangan;
- reaktorning sig’imi vakuum sharoitida ham ishlash uchun mo’ljallangan;
145
- temperaturani boshqarish moslamalari o’rnatilgan bo’lib, temperaturani
minus 80
o
C dan plyus 350
o
C gacha boshqarish mumkin;
- reaktorning qopqog’i maxsus ko'tarish moslamasi yordamida ochiladi va u
texnologik lyuk bilan, ko’rish oynasi, yoritish chirog’i, reaktor qopqog’ini yuvish
moslamasi va mahsulot tayyorlashda kerak bo’ladigan komponentalarni uzatib
berish shtutserlari bilan ta’minlangan.
- reaktor qozonining pastki qismida ikkita ventil va temperature datchigi
o’rnatilgan.
- mahsulotni aralashtirish uchu boshqariladigan motor o’rnatilgan bo’lib,
uning aylanish tezligini 1200 ayl/min dan 1500 ayl/min gacha boshqarish mumkin.
- reaktorning yakorli aralashtirgichi teflondan yasalganbo’lib, suzib yuruvchi
xolatda bo’ladi va uning tezligini bir tekis 15 ayl/min dan 56 ayl.min. gacha
boshqarish mumkin.
- reaktor AISI316L markadagi toza po’lat metalldan yasalgan.
|