Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1.
Absolyut va nisbiy nur sindirish ko‘rsatkichlari deb nimaga aytiladi?
131
2.
Yorug‘likning to‘la qaytish hodisasi qanday tushuntiriladi ?
3.
Refraktometrning optik qismlari sxemada qanday joylashgan ?
4.
Kompensator qanday vazifani bajarishga mo‘ljallangan ?
5.
Refraktometrning asosiy qismlarini ayting.
6.
Eritmaning sindirish ko‘rsatkichi nimalarga bog‘liq?
7.
Refraktometr qo‘llanishiga misolllar keltiring.
8.
Refraktometrni qiyoslash metodikasini gapirib bering?
132
9-LABORATORIYA ISHI
AREOMETRLARNING TUZILISHI, ISHLASH PRINTSIPI,
QO”LLANILISHI VA ULARNI QIYOSLASH
Ishdan maqsad: areometrlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni qiyoslash
metodikasi bilan tanishtirish.
Vazifa: areometrlarning
tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganish,
areometrlarni
qiyoslashni o’rganish va qiyoslash
natijalarini taxlil qilish.
Asboblar va qurilmalar
1. Har xil o’lchash shkalasiga ega bo’lgan areometrlar. 2. Har xil organic va
noorganik suyuqliklar va har xil zichlikga ega bo’lgan eritmalar.
Nazariy qism
Barchamizga ma’lumki, o’tmishda ham hozirgi kunda ham zichlik
tushunchasi har bir sohada keng qo’llaniladi. Albatta sanoatda, ishlab chiqarish
jarayonlarida bu termin tez-tez tilga olinadi va qo’llaniladi. Suyuqlik zichligini
aniqlash uchun areometr o’lchash vositasi ishlatiladi. Ushbu o’lchash vositalari
yirik ishlab chiqarish zavodlarida, neft ba’zalarida, yoqilg’i quyish
shahobchalarida va ishlab chiqarish faoliyatinig boshqa turlarida keng miqyosda
ishlatilib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz xududida turli xildagi
areometrlar, densimetrlar va zichlikni o’lchovchi boshqa turdagi o’lchash
vositalarining ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilishi ortib bormoqda.
Qalqovichi butunlay cho'kadigan zichlik o'lchagichlarda tekshirilayotgan
suyuqlikda qalqovichning cho'kish chuqurligi amalda doimiy bo'lsada, suyuqlik
zichligiga proportsional bo'lgan, qalqovichga ta'sir etuvchi itaruvchi kuch
o'lchanadi. Laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida ko'proq Arximed
qonuniga asoslangan xolda ishlaydigan suyuqlikning zichligini o'lchash uchun
areometr deb nomlanuvchi, qalqovichli zichlik o’lchash asboblari ishlatiladi. Ular
133
turli xil ko'rinishda: shishali yoki metalli bo'lishi mumkin. Areometrlar davlat
standarti bo'yicha ikki guruhga bo'linadi:
- suyuqlik zichligini o'lchash uchun mo'ljallangan areometrlar densimetrlar
deb atalib, ularning shkalasi zichlik birliklarida darajalangan bo'ladi va ular
yordamida turli xil suyuqliklarni: kislotalar, ishqorlar, asoslar va boshqa
suyuqliklarni zichliklarini o’lchash uchun qo’llaniladi (9.1- va 9.2-rasmlar);
- aralashmalarning kontsentratsiyasini o'lchash uchun mo'ljallangan
areometrlar, ularning shkalasi og'irlik yoki hajm bo'yicha foizlarda darajalangan
bo'ladi.
9.1-rasm. Areometrlarning umumiy ko’rinishi.
9.2-rasm. Areometr yordamida suvning zichligini (1)
va kislotaning zichligini (2) o’lchash.
O’lchash vositalari yordamida olingan natijalarning sifatli bo’lishi uchun
birinchi navbatda ularning aniqlik darajasi ta’minlangan bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi xududida ushbu o’lchash vositalarining metrologik
aniqlik darajasini ta’minlash va metrologik ko’rikdan o’tkazish “O’zstandart”
134
Agentligi vakolatiga kiradi. Ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan barcha
o’lchash vositalari o’rnatilgan tartibda davriy ravishda qiyoslash ko’rigidan
o’tkazilib turiladi. Shu jumladan areometrlar ham O’zbekiston milliy metrologiya
institutida davriy ravishda qiyoslash ko’rigidan o’tkazilib turiladi va buning uchun
u erda barcha sharoitlar yaratilgan.
Avstriya davlatida ishlab chiqarilgan DMA-4500 qurilmasi qiyoslash uchun
qo’llaniladigan turli xildagi namunalarni tarkibini 0,00005 g/sm
3
aniqlikda
o’lchash xususiyatiga ega. Ushbu namunaviy o’lchash vositasi yordamida
tayyorlangan standart namunalar hamda yuqori aniqlikdagi namunaviy o’lchash
vositalari yordamida areometrlarning aniqlik darajasi etalon suyuqliklar yordamida
tekshiriladi va bu areometrlar uchun qiyoslash ko’rigidan o’tkazilganligi
to’g’risida guvohnoma beriladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilayotgan areometrlar
9.1-jadvalda keltirilgan va ular quyidagi guruxlarga ajratiladi:
9.1-jadval
Areometrlarning turlari
Areometrlarning qo’llanilishi
bo’yicha tiplari
Umumiy qo’llash uchu
mo’ljallangan areometrlar
АОН-1, АОН-2, АОН-3,
АОН-4, АОН-5;
Sut maxsulotlari uchun
areometrlar
АМ, АМТ;
Neft mahsulotlari uchun
areometrlar
АН, АНТ-1, АНТ-2;
Spirt uchun areometrlar
АСП-1, АСП-2, АСП-3, АСП-
Т;
Elektrolitlar uchun
areometrlar
АЭ-1, АЭ-2, АЭ-3;
Grunt aremetrlari
АГ;
Dori vositalari tayyorlash
uchun mo’ljallangan
areometrlar
ADV -1, ADV -2, ADV -3
135
9.1-jadvalda keltirilgan ishlab chiqarishning turli sohalarida qo’llaniladigan
areometrlar tuzilishi va ishlash printsipi bo’yicha bir-biriga o’xshash lekin ular
shkalasining qiymatlari va aniqlik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. 9.2-
jadvalda umumiy ishlatish uchun mo’ljallangan areometrlarning o’lchash
diapazonlariga bog’liqlik taqsimoti keltirilgan.
9.2-jadval
Umumiy ishlatish uchun mo’ljallangan areometrlarning
o’lchash diapazonlari
Kimyo va oziq-ovqat sanoatida zichlikni uzluksiz o'lchashda tekshirilayotgan
suyuqlik uchun qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi avtomatik asboblardan
foydalaniladi.
Qalqovichli zichlik o'lchagichda kirish trubkachasi orqali tekshirilayotgan
suyuqlik zichlik o'lchagichning o'lchash kamerasi 1 ga berilib, chiqish trubkachasi
orqali to'kiladi. Qalqovich 2 shtok 3 orqali tortsion trubka 4 bilan sharnirli
Nomi
Zichlikni o’lchash diapazoni, кg/м³
Bo’lim
bahosi
t, °С
Areometrning
uzunligi, мм
АОН – 1
700–760, 760–820, 820–880, 880–
940, 940–1000, 1000–1060, 1060–
1120, 1120–1180, 1180–1240,
1240–1300, 1300–1360, 1360–
1420, 1420–1480, 1480–1540,
1540–1600, 1600–1660, 1660–
1720, 1720–1780, 1780–1840
1
170
АОН – 2
1000–1080, 1080–1160, 1160–
1240, 1240–1320, 1320–1400
1400–1480, 1480–1570, 1570–
1660, 1660–1750, 1750–1840
1
305
АОН – 3
1000–1400
10
300
1300–1800
20
АОН – 4
700–1000
5
320
1000–1500
10
1000–1800
20
АОН – 5
650–720, 720–790, 790–860,
860…930, 930–1000, 1000–1070,
1070–1140, 1140–1210, 1210–
1280, 1280–1350, 1350–1420,
1420–1490, 1490–1560
0,5
480
136
bog'langan bo'lib, uning yordamida o'lchash kamerasidan oqib o'tayotgan suyuqlik
zichligini
o'lchashda
qalqovichda
hosil
bo'ladigan
itaruvchi
kuchni
muvozanatlashtiruvchi kuch hosil qilinadi.
Bundan tashqari tortsion trubka 4 differensial - transformatorli o'zgartgich 5
ning o'zagi bilan bog'langan bo'lib, unga to'g'ri keladigan o'lchash asbobi ulanadi.
Ulash kamerasi davriy ravishda asosning ostki qismida o'rnatilgan to'kish jo'mragi
orqali tozalanadi.
Sanoatda 900-1800 kg/m
3
o'lchash diapazoniga, ±4 % xatolikka ega bo'lgan
gidrostatik zichlik o'lchagichlar ishlab chiqariladi.
Areometrlar yakka yoki to’plam holda chiqariladi. To’plamda 19 ta areometr
bo’lib, eng engilining darajasi 0,700, eng og’iriniki esa 1,8400 teng bo’ladi.
Aniqlashni 20°С xaroratda spirtga eng engilini tushirishdan boshlash kerak. Agar
xarorat 20°С dan farq qilsa, 20°С dagi spirtning quvvatini GOST ning 1-jadvali
(massa buyicha) yoki 2-jadvali (xajm buyicha) asosida topish ham mumkin.
Refraktometrik usulda spirtniig quvvatini aniqlash. Toza suvning nur sindirish
ko’rsatgichi 1,3330 ga teng, absolyut spirtniki esa 1,36242 ga teng. Shu
ko’rsatgichlar asosida tuzilgan jadvaldan foydalanib, spirtning hajmiy quvvati
topiladi.
|