Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Reaktorlarning tuzilishi, ishlash printsipi va ularni qollanilishini to’g’risida
ma’lumot bering.
2. Reaktorlar qanday guruhlarga bo’linadi? Tushuntirib bering.
3. Dori vositalari tayyorlash uchun qanday reaktorlardan foydalaniladi?
4. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun qanday reaktorlardan
foydalaniladi?
146
11-LABORATORIYA ISHI
XRAMATOGRAFLARNING TUZILISHI, ISHLASH PRINTSIPI,
QO”LLANILISHI VA ULARNI QIYOSLASH
Ishdan maqsad: xramatograflarni tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni
qiyoslash metodikasi bilan tanishtirish.
Vazifa: xramatograflarni
tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganish, uni
qiyoslash va qiyoslash
natijalarini taxlil qilish.
Asboblar va qurilmalar
1. xramatograflar;
2. xramatografni qiyoslash uchun kerak bo’ladigan moslamalar;
3. Distillangan suv;
4. Pipetkalar;
5. artish va tozalash uchun paxta yoki bint.
Nazariy qism
Sodda va murakkab moddalarni, birikmalarni analiz qilish yoki ularni qanday
moddalardan tashkil topganligini bilish, ularni bir-biridan ajratib olish uchun
qo’llaniladigan sodda va oson va moddalarni tarkibi to’g’risida aniq ma’lumot
beruvchi usullardan biri xramatografiya usuli hisoblanadi. Xramatografiya
so’zning ma’nosi shramatos - rang + grafiya - men yozaman, ajrataman degan
ma’noni anglatib sorbent qatlami bo'ylab moddalar zonasini harakatlanish fazasi
oqimida va sorbsiya va desorbtsiya aktlarini takroriy takrorlash asosida harakat
qilishga asoslangan moddalarni ajratish, tahlil qilish va fizik-kimyoviy tadqiq
qilish usuli hisoblanadi. Bunday holda, ajratiladigan moddalar tarkibidagi
komponentlarni ikkita o'zgarmas faza o'rtasida, ya’ni xarakatlanuvchan va
statsionar (xarakatlanmaydigan) fazalar o’rtasida taqsimlanishiga asoslangan.
Birinchi faza gaz yoki suyuqlik shaklida, ikkinchisi esa qattiq modda ko’rinishida
bo’lishi mumkin.
147
Moddalarni tarkibini analiz qilish uchun ishlatiladigan xromatografiya usulini
qo’llash taklifi XX asrning boshlarida olimlar tomonidan kiritilgan lekin bu usul
sanoat miqyosida va laboratoriya sharoitida 1960 yildan keyin, xromatografiya
uchun maxsus qurilmalar takomillashgandan keyin qo’llanila boshlagan.
Xramatografiya usuli yordamida turli xildagi analizlarni amalga oshirish mumkin,
shuning uchun bu usulni ilmiy-tadqiqot ishlari va sanoat miqyosidagi ishlab
chiqarishda modda tarkibini analiz qilish, ularni ajratib olishda ba’zi bir
yo’nalishlarda asosiy usul sifatida, ba’zi sohalarda esa qo’shimcha, to’ldiruvchi
usul sifatida qo’llaniladi. Masalan, neft va gaz qazib olishda ko’pchilik analizlar
xramatografik usul yordamida amalga oshiriladi. Xramatografik tahlil usullari
uchun qo’llaniladigan zamonaviy qurilmalardan biri 11.1-rasmda tasvirlangan.
11.1-rasm. Xramatografik tahlil usullari uchun qo’llaniladigan
qurilmaning umumiy ko’rinishi.
Yuqoridagilardan tashqari xramatografik tahlil usuli ishlab chiqarishda
organik moddalarni sintez qilishda, laboratoriya sharoitida va sanoatda ishlab
chiqarilayotgan maxsulotlarni va ularni tashkil etuvchi moddalarni sifat
ko’rsatkichlarini tekshirishda foydalaniladi. Ekologiya sohasida bu usul
moddalarning tarkibidagi har xil aralashmalar, gerbidsid va pestidsidlarni
miqdorini aniqlashda qo’llaniladi. Oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni tarkibini,
148
shu bilan birga ularning tarkibida asosiy moddalarni standart talablariga javob
berishi, turli xil substansiyalarni ajratib olish va miqdorini aniqlashda qo’llaniladi.
Shu bilan birga xramatografik tahlil usuli farmasevtika sanoatida, kosmesevtikada
va krimininalistika tekshiruvlarida juda keng miqyosda qo’llaniladi.
Xramatografik tahlil usuli farmasevtika sanoatida dori preparatlari ishlab
chiqarishda, ishlab chiqarilgan dori preparatlarini tarkibini analiz qilishda, ularni
standart talablariga javob berishi hamda eng asosiysi dori preparatlari tarkibidagi
ta’sir etuvchi moddani miqdorini aniqlashda ham nazariy ham amaliy tomondan
keng qo’llaniladi (11.2-rasm).
11.2-rasm. Zamonaviy komp’yuterlashtirilgan xramatograf.
Xramatografik usulning laboratoriya va sanoat miqyosida qo’llanilish
jarayonidagi ishlash printsipi va uning afzallik tomonlari to’g’risida ma’lumot
beramiz. Moddani tarkibini analiz qilish uchun birlamchi substansiya gaz yoki
suyuqlik shaklidagi tashuvchida eritiladi. Keyin u qattiq material yuzasiga ya’ni
harakatlanmaydigan statsionar fazaga - sorbentga o’tkaziladi va u bilan har xil
tezlikda o’zaro ta’sirlashadi. Bu jarayonlar natijasida aralashma tarkibidagi
komponentlar ajratiladi va bu ajralgan komponentlar xramatografning detektoriga
har xil vaqt oralig’ida tushadi. Oxirgi natijada boshlang’ich soligan modda tarkibiy
qismlarga ajraladi. Komponentlarni ajralib chiqish vaqti hamda cho’qqining
(pikning) yuzasi va balandligi o’lchash asosida modda tarkibining sifat va miqdor
qiymatlari aniqlanadi. Modda tarkibidagi komponentlar harakatlanmaydigan
149
statsionar fazada har xil aktivlikga ega bo’lganligi uchun har xil tezlikda va har xil
vaqt oralig’ida kolonkadan o’tadi. Quyidagi 11.3-rasmda modda tarkibidagi
komponentlarni xramatografik usulda ajratib olish sxemasi tasvirlangan. 11.4-
rasmda esa modda tarkibidagi komponentlarni kolonkalar yordamida ajratib olish
tasvirlangan.
11.3-rasm. Modda molekulalarini xromotografik usulda ajratish.
11.4-rasm.Moddalarni xramatografik taxlil jarayonini
olib borish sxemasi.
150
Ajratish texnirasi bo’yicha xramatografiyani quyidagi guruhlarga
klassifikasiyalash mumkin:
1. Adsorbsiya xramatografiyasi (adsorbsiyalash yoki ligand almashinuvi)
2. Ajratish xramatografiyasi
3. Gel xramatografiyasi (o'lchamlarni istisno qilish)
4. Ion almashinuvi xramatografiyasi
5. Spetsifik gurux (ma'lum bir statsionar guruh payvand qilingan umumiy
tarkibiy qismlardan faqat bittasi tomonidan bardoshli majmuani shakllantirish
tufayli)
6. Cho’ktirish xramatografiyasi.
Fazalarning agregat xolatiga ko’ra quyidagilarga ajratish mumkin:
1. Gaz
1.1. Gaz- Qattiq modda
1.2. Gaz – suyuqlik - Qattiq moda
1.3. Gaz - suyuqlik
2. Suyuqlik
2.1. Suyuqlik- suyuqlik
2.2. Suyuqlik - qattiq modda
2.3. Suyuqlik - Gel
3. Yuqori fazali flyuid
Xramatografik usul qanday afzallik tomonlarga ega:
- birinchidan, xramatografik usul yordamida boshqa analiz usullariga
nisbatan olingan natjalar yuqori aniqlikga ega bo’ladi. Bitta to’liq analiz orqali
modda tarkibi to’g’risida to’liq ma’lumot olish mumkin;
- ikkinchidan
,
xramatografik usul tezkor usulligi bilan xarakterlanadi;
- uchnchidan
,
xramatografik usul moddaning har qanday agregat xolatda –
suyuq, gaz va qattiq jism xolatlarida analiz qila olishi bilan ajralib turadi. Buning
uchun turli xil agregat xolatida o’lchash xususiyatiga ega bo’lgan qurilmalardan
foydalaniladi;
151
- to’rtinchidan, xramatografik usul yordamida ilmiy, amaliy, analitik va
laboratoriya uchun mo’ljallangan masalalarni to’liq xal qilish mumkin.
Yuqoridagi masalalarni kompleks xolda xal qilish uchun qanday turdagi
xramatografik qurilmalaridan foydalaniladi? Xramatografik analiz uchun
qo’llaniladigan qurilmalar fazalarning agregat xolatiga ko’ra quyidagi guruhlarga
ajratiladi: qog’ozli xramatograflar; yupqa qatlamli xramatograflar; gazli
xramatograflar; suyuqlikli xramatograflarga bo’linadi. Ishlab chiqarish
jarayonidagi yoki laboratoriya sharoitidagi olingan moddaning turiga qarab qanday
agregat xolatidagi moddalarni analiz qilish uchun mo’ljallangan qurilmadan
foydalangan xolda va bajarilayotgan analizning maqsadini, qanday modda
ekanligini, qancha miqdordaligini va qaysi usul yordamida analiz qilinishiga qarab
qurilma tanlab olinadi.
|