• Aldashev Ilhomjon FarDU axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya
  • Kalit soʻzlar
  • Sohasidagi ahamiyati




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #262072
      1   2
    Bog'liq
    Avazbekova Mohira



    Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
    «Научный Фокус» ноября, 2023 
    955 
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING KUNDALIK HAYOTDA VA TA'LIM 
    SOHASIDAGI AHAMIYATI 
    Avazbekova Mohira
    FarDU filologiya fakulteti 1-kurs 23.85-guruh talabasi 
    Aldashev Ilhomjon
    FarDU axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi 
    Annotatsiya:
    Mazkur maqolada yoshlar o‘rtasida axborotlardan foydalanishda 
    mavjud muammolar va axborot madaniyatini shakllantirishning o’ziga xos uslublari, 
    uning yoshlar kamolotidagi tutgan o‘rni haqida qarashlar bayon etilgan 
    Kalit soʻzlar:
    yoshlar, axborot, axborot madaniyati, internet, ta‘lim. HEMIS, 
    kundalik.com, masofaviy ta’lim. 
    Asrimiz axborot texnologiyalari asri deb nomlangani misol, kundalik hayotimizda 
    ham zamonaviy texnika va texnologiyalar ayricha ahamiyatga ega. Bular vositasida 
    hayotimizda talaygina qulayliklar yuzaga keldi. Maishiy texnikalar, televizor, 
    kompyuter va telefonlarni shular jumlasiga kiritishimiz mumkin. 
    Bugungi globallashuv jarayonida eng qimmatli narsamiz bu vaqt, albatta. 
    Kompyuter texnologiyalari bizga aynan shu borada yordam beradi. 
    Xususan, ayol-qizlarimizga qator qulayliklar yaratib berayotgan online savdoga 
    to'xtalsak. Agar siz biron buyum sotib olmoqchi bo‘lsangiz, bozorga borishingiz shart 
    emas. Gavjum va shovqinli magazinlarni aylanishga to‘g‘ri kelmaydi. Eng muhimi, siz
    buning uchun alohida vaqt ajratmaysiz. Har qanday joyda, ish joyingizda ham, kafeda 
    ham, mashinangizda ham o'zingizga ma'qul keladigan buyumni tanlashingiz va 
    buyurtma berishingiz mumkin. 
    Ta'lim jarayoniga ham zamonaviy axborot texnologiyalari keng ko‘lamda kirib 
    kelgan. O‘qishga hujjat tayyorlashda, dars mashg'ulotlarni bajarishda texnologiya 
    vositalari juda qo‘l keladi. O'quv jarayonlarini baholash va nazorat qilish ham 
    kompyuter tarmoqlari orqali (HEMIS, kundalik.com) amalga oshirilmoqda. 
    Qolaversa, zamonaviy texnologiyalar vositasida endilikda masofadan o‘qib-
    o‘rganish imkoniyati ham mavjud. Dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalarida 
    O'zbekistonda turib o‘qish hamda diplom olish mumkin. 
    Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan 
    farqlanadi. Moslashuvchanlik – ta’lim oluvchiga o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta’lim 
    olish imkoniyati mavjudligi. Modullilik – bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil o‘quv 
    kurslari to‘plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o‘quv rejasini 
    tuzish imkoniyati mavjudligi. Parallellik – o‘quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga 
    parellel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati 
    mavjudligi. Keng qamrovlilik – ko‘p sonli o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida katta 
    o‘quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zaxiralariga 


    Международный научный журнал № 7(100), часть 1 
    «Научный Фокус» ноября, 2023 
    956 
    murojaat qila olishi. Bu ko‘p sonli o‘quvchilarning kommunikatsiya vositalari 
    yordamida o‘zaro va o‘qituvchi bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati. Iqtisodiy 
    tejamkorlik – o‘quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o‘quv 
    materiallaridan samarali foydalanish, o‘quv materiallarini bir joyga yig‘ish, ularni 
    tartiblangan ko‘rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko‘p sonli murojaatni tashkil 
    qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni 
    kamaytiradi.Ijtimoiy teng huquqlilik – ta’lim oluvchining yashash joyi, sog‘lig‘i va 
    moddiy ta’minlanish darajasidan qat’i nazar hamma qatori teng huquqli ta’lim olish 
    imkoniyati. 
    Zamonaviy qurilmalarda foydalanuvchi uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan 
    funksiyalar asta sekin kengayib bormoqda. Dasturiy ta'minot fotoalbomalarini ko‘rish, 
    musiqa tinglash, kompyuter o'yinlarini o'ynash, shuningdek, kitob ham o‘qish 
    mumkin. 
    Intellektual rasurslarning hajmi va ulardan foydalanish imkoniyatlari oshib 
    bormoqda. Internet elektron kutubxonalar kataloglari bilan birgalikda masofa va 
    vaqtdan qat'i nazar ochiq bo‘lgan ulkan ma‘lumot to‘plamlariga kirish imkoniyatini 
    beradi. Bugungi kunda jahon bozorida bir necha o‘nlab elektron kitoblar modellari 
    mavjud. O'zbekistonda kitob o'qish uchun elektron qurilmalarni yaratish va ishlab 
    chiqarishga ixtisoslashtirilgan "Ectaco uz" kompaniyasi elektron kitoblarni ishlab 
    chiqarishni va loyihalashtirishni yo‘lga qo‘ygan. Elektron kitoblarning o‘quvchi va 
    talabalar, umuman olganda, har bir kitobsevar uchun ko'plab afzalliklari mavjud. 
    Elektron kitobda matn bo‘yicha izlashlarni, giperilova bo‘yicha o'tishlarni, vaqtinchalik 
    ajratishni va ilovalarni aks ettirishni amalga oshirish mumkin. Bir qurilmada yuzlab va 
    minglab kitoblar saqlanishi mumkin va bosma kitoblarga qaraganda olib yurish oson. 
    Elektron kitoblarni tarqatish va izlash bosma kitoblarga qaraganda kamroq vaqt va 
    xarajat talab etadi. Elektron kitoblarning shrift tuzilishi va kattaligini ham o'zgartirish 
    mumkin. Eng asosiysi esa kitoblarning elektron variantidan foydalanish orqali tabiatga 
    keltirilayotgan zarar ham aytarli ravishda kamayadi, ya'ni bosma kitoblardan farqli 
    ravishda qog‘oz sarflanmaydi. 
    Yuqoridagi fikr va faktlardan xulosa qilib aytish mumkinki, zamonaviy axborot 
    texnologiyalari sababli iqtisodiy sohada ta‘lim sohasida va boshqa bir qator 
    yo‘nalishlarda sifat oshib bormoqda. Bugungi kunda hech qaysi ishimiz texnika va 
    texnologiyalarsiz bitmay qoldi va ushbu sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab ham 
    oshib bormoqda. 

    Download 0,55 Mb.
      1   2




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish