Ohakniııg qotishi, xossalari va ishlatilishi




Download 38,18 Kb.
bet6/7
Sana22.02.2024
Hajmi38,18 Kb.
#160903
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
So’ndirilmagan kesak-ohak-fayllar.org

Ohakniııg qotishi, xossalari va ishlatilishi. Gidravlik ohak tarkibidagi kalsiy oksidi aslida havoda qotadigan ohakning o‘zginasi. Shuning uchun ham ana shu komponent qotayotganida sodir bo‘ladigan jarayonlar havoda qotadigan ohak qotayotganda ro‘y beradigan jarayonlarga o‘xshaydi. Suv bo‘lganida kalsiy oksidi Ca(OH), gacha gidratlanadi. Ohak xamiridagi suvning bug‘lanishi Ca(OH), ning kristallanishiga va qorishma yoki betonning sekin- asta mustahkamlanishiga yordam beradi. Ca(OH), karbonlanishi natijasida yanada mustahkaınlana beradi. Qorishma yuzasida kalsiy karbonatning hosi1bo‘lishi ohak buyumlar mustahkamligi va suvga chidamliligini birmunclıa oshiradi.
Ohakning ikkinchi komponenti — gidravlik moddalar (kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari) o‘zgacha qotadi (bu haqda V bobda batafsil to‘xtab o‘tildi). Kalsiy silikat, alyuminat va ferritlar suv bilan o‘zaro ta’sir etishganida tegishli moddalarning gidratlarini hosil qilgan holda gidratatsiyalanadi: 2CaO- SiO2 - nH,O; CaO - AIGO- nH2O va 2CaO- Fe,O,'- nH,O. Gidratlar kolloid, yopishoq ko‘rinishda va shu bilan birga plastik massa holida hosil bo‘1adi. Ohak xamir suvi bug‘lanadi yoki gidratatsiyalanadigan moddalar shimganida kolloid massalar koagulyatsiyalanadi (zich- lanadi). Kolloid massalarning yanada mustahkamlanishi ularning kristallanishiga bog‘1iq.
Gidravlik ohak qotayotganda avvalo havoda qotish, so‘ngra gidravlik qQtish jarayonlari ro‘y beradi. Shu sababli, gidravlik ohak qotishi uchun avvaliga quruq havo sharoitlari, so‘ngra (kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari gidratatsiyalanishi uchun) nam sharoitlar yaratish talab qilinadi. Ohak tarkibida gidravlik moddalar qanchalik ko‘p bo‘1sa, qotishining birinchi davri (quruq havo sharoitlarida) shunchalik qisqa bo‘1adi.
Gidravlik moddalarning gidratatsiyalanishi va shunga yarasha qotishi uzoq vaqt davom etishi mumkin. Biroq buning uchun nam sharoit kerak bo‘1adi. Shuning uchun ham nam sharoit gidravlik ohak asosida tayyorlangan qorishmalar (betonlar)ning yanada yaxshiroq qotishida juda qulaydir.
Gidravlik ohak xossalari mustahkamligi, hajman tekis o‘zga- rishi va mayda tuyish darajasi bilan xarakterlanadi.
Gidravlik ohakning mustahkamligi taxminan quyidagi ko‘rsat- kichlar bilan xarakterlanadi (17-jadval).
Og‘ri1igi' bo‘yicha 1:3 tartibda tayyorlangan qattiq qorishmadan shibbalab yasalgan, qirrasi 7,07 sm kublar va sakkizliklar ko‘rinishidagi namunalar sinaladi.
17-jadvalda ko‘rinib turibdiki, kuchli va kuchsiz gidravlik ohaklar me’yorida qotishi uchun turli sharoitlar talab qilinadi. Kuchsiz gidravlik ohakni suvga solguncha 21 sutka, kuchli gidravlik ohakni esa atigi 7 sutka havoda saqlash kerak.
17-jadval.
Gidravlik ohakning mexanik mustahkamligi.

turlari

Saqlash Sb8ftlWi


sı lishgn mustahkamlik chegarasi ', MPa


cm ı
mustahkamlik chegarasi, MPa


Nam havoda


Suvda

Necha sutka

Kuchsiz

21

7

0,6

0,2

gidravlik

21

35

0,8

0,33

Kuchli

7

2 l

2,0

0,5

gidravlik

7

49

3,0'

0,7

' 91-79-59 Davlat standartlarida 28 sutkada har xil sharoitda (7 sutka nam havoda va 21 sutka suvda) saqlangan namunalarning siqilishiga mustahkamlik chegarasi kamida 2,0 MPa bo‘lishi talab qilinadi.



' Qurilish normalari va qoidalari (1-qism, Gosstroyizdat, 1955) 28 sutkaligida siqilishga mustahkamlik chegarasi 5,0 MPa gacha bo‘lgan gidravlik ohak ishlab chiqa- rish ham ko‘zda tutilgan.
Gidravlik ohakning qotayotganda hajman qanchalik tekis o‘zgarishi ohak xamiridan tayyorlangan kulcha namunalarni sinash yo‘li bilan aniqlangan. Nam havo sharoitlarida 7 sutka saqlangandan so‘ng namunalar suvga solib qo‘yiladi. Suvda 10 sutka saqlanganidan keyin kulchalar darz ketmasa va qiyshaymasa, gidravlik ohak sinovdan yaxshi o‘tgan hisoblanadi. Aks holda uni ishlatish mumkin emas, chunki ana shunday ohakdan tayyorlangan qorishma qotganidan keyin ham buzilishi mumkin.
So‘nmagan yirik ohak donalari hajman notekis o‘zgaradi. Chunki ularda erkin CaO, shuningdek, o‘ta pishgan magniy oksidi (dolomitlashgan ohaktosh ishlatganda) bo‘ladi.

Download 38,18 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 38,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ohakniııg qotishi, xossalari va ishlatilishi

Download 38,18 Kb.