SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 5-SON




Download 469,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana20.09.2024
Hajmi469,98 Kb.
#271777
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustafayev T. Sh

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 5-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.05.2023 
65 
Adabiyotlardan ma‘lumki, ta‘lim sifatini oshirish va shu bilan birgalikda 
talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishda mustaqil ta‘limning quyidagi turlaridan 
keng foydalanish mumkin: 
1. Yangi bilimlarni olish, mustaqil bilim olish, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish. 
2. Bilimlarni aniqlash va mustahkamlash. 
3. Amaliy xarakterga ega bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. 
4. Ijodiy xarakterga ega bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va 
boshqalar. 
Ta‘lim sifatini oshirishda mustaqil ta‘limning boshqa turlari va usullaridan ham 
foydalanish mumkin. Masalan, biz asosiy maqsadli har xil manbalardan mustaqil holda 
yangi bilimlar olish turidan foydalanamiz. 
Ma‘lumki, elektr energiyasidan xalq xo‘jaligida foydalanish fanida elektr energiyasi 
ishlab chiqaradigan issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektr stansiyalar, atom elektr 
stansiyalari to‘g‘risida materiallar berilgan, ammo muqobil manbalar to‘g‘risida 
ma‘lumotlar berilmagan. Shuning uchun elektr energiyasi ishlab chiqarishning 
noan‘anaviy, ya‘ni yangi energiya olish manbalarini izlab topish va ulardan foydalanish 
to‘g‘risida asosiy bilimlarga ega bo‘lish katta ahamiyatga ega. Qolaversa, tabiiy 
boyliklar zaxirasi cheklangan bo‘lib, vaqti kelib ularning tugashi allaqachon 
isbotlangan. Hisob kitoblarga qaraganda neft 45 – 50 yilga, tabiiy gaz 70 – 75 yilga, 
ko‘mir esa 150 – 160 yilda yetar ekan. 
2018-yil 19-iyulda O'‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston 
Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» gi 
farmoniga muvofiq, atom energetikasini rivojlantirish sohasida yagona davlat 
siyosatini va strategik yo‗nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‗yicha
vakolatli bo‗lgan davlat boshqaruvi organi - atom energetikasini rivojlantirish bo‗yicha 
agentlik tashkil qilindi. 
Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojni qondirish
mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, 
yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari asosida yangi ishlab chiqarish 
о
byektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta 
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg‗i-
energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining asosiy maqsadi
hisoblanadi. Respublika elektr energetrkasi xaqli ravishda O'zbekiston iqtisodiyotining 
asosiy tarmoqlari tarkibiga kiradi. U yirik ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyati 
bilan iqtisodiyotning rivojlanishi va xalq farovonligiga salmoqli hissa qo'shib kelmoqda. 
Energetika vazirligi elektr energetika sohasidagi maxsus vakolatli organ bo'lib, 
respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini markazlashtirilgan holda elektr energiyasi 
bilan ta'minlaydi. Shuningdek respublikaning bir qator shaharlaridagi sanoat va 
kommunal-maishiy iste‘molchilariga issiqlik energiyasini yetkazib beradi. Ishlab 



Download 469,98 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 469,98 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 5-SON

Download 469,98 Kb.
Pdf ko'rish