|
SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 5-SONBog'liq Mustafayev T. ShSO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 5-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.05.2023
68
markazida. Ekspertlar bergan ma
ʼ
lumotlarga ko‗ra milliy iqtisodiyot energiya
sig‗imdorligi rivojlangan mamlakatlar ko‗rsatkichlaridan 2-2,5 baravar yuqori. Agar
jahonda energiya iste
ʼ
molining qariyb 23 foizi uy-joy sohasiga to‗g‗ri kelsa,
O‗zbekistonda bu raqam 40 foizni tashkil qilmoqda. Xususan, Yevropada 1 kvadrat
metr uchun energiya sarfi yiliga 120-150 kilovatt-soatni tashkil qilsa, O‗zbekistonda bu
ko‗rsatkich 390 kilovatt-soatdan oshmoqda. Energiya samaradorligini oshirishga doir
ishlarni olib borish jarayonida 2020 yilda iqtisodiyot tarmoqlarida tashkiliy-texnik
tadbirlarni amalga oshirish evaziga 1352,4 mln. kub metr tabiiy gaz, 917,5 mln.
kilovatt-soat elektr energiyasi tejashga erishildi.
Energetika sohasida qanday islohotlar ro‗y bermasin, natija, ya
ʼ
ni O‗zbekiston
aholisi va iqtisodiyotini energiya zaxiralari bilan barqaror ta
ʼ
minlash muhim. Salkam
10 yildan keyin elektr energiyaga ehtiyojning ikki karra o‗sishi haqida darak beruvchi
tahliliy bashoratlarni inobatga olsak, energetika vazirligi va yoqilg‗i-energetika
majmuasining asosiy vazifalaridan biri–yangi elektr stansiyalar, shu jumladan, IES
qurish, QTEM ni rivojlantirish, QTEM asosida boshqa yangi loyihalarni izlash va
amalga oshirish, GES, shu hisobda kichik GES imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan
iborat.
O‗zbekiston energetika tizimining ishlab chiqarish quvvati 7750 MVt ni, 2016 yilda
esa–10830 MVt ni tashkil etgan bo‗lsa, ushbu vaqt ko‗rsatkichlari oralig‗ida o‗tgan 16
yil ichida qariyb 3 ming MVt ishga tushirildi. Bugunga kelib energetika tizimida mavjud
ishlab chiqarish quvvatlari 14 131 MVt ni tashkil qilmoqda. Ya
ʼ
ni keyingi 3 ming
megavattdan ziyod quvvatlar so‗nggi uch yil mobaynida ishga tushirilgan. 2017–2021
yillarda ishlab chiqarish quvvatlarining bunday keskin o‗sishiga asosan Navoiy,
Tolimarjon, Toshkent issiqlik elektr stansiyalarida yangi bug‗-gaz qurilmalarini ishga
tushirish evaziga erishildi. Shuning barobarida 2019 yilda 900 MVt quvvatli yangi
To‗raqo‗rg‗on IES ishga tushirildi. Zamonaviy tejamkor uskuna va texnologiyalarni
joriy etish hisobiga IESlarda shartli yonilg‗i sarfi 2016 yildagi 375,8 g/kilovatt-soatdan
2020 yilda 333,9 g/kilovatt-soatgacha yoki 11 foiz kamaydi.
Hech kimga sir emas, hozirgi kunda joylarda aholi kundalik ehtiyojlari uchun
berilayotgan elektr ta'minotidagi uzilishlar o‘z navbatida aholining turmush tarziga
salbiy ta'sir qiladi. Ko‘plab tog‘ va tog‘oldi hamda olis hududlarda elektr ta'minoti
yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan yoki butunlay mavjud emas. Shuning uchun ekologik toza
atrof muhit holatiga ta'sir etmaydigan energiya manbalaridan foydalanishga o‘tish
bo‘yicha targ‘ibot-tashvihot ishlarini jonlantirishimiz talab etiladi. Kelajakda qayta
tiklanadigan energitikaning rivojlantirish strategiyasi va maqsadlarini, shuningdek,
rag‘batlantirishning tegishli mexanizmlarini ishlab chiqish.
O‘zbekistonda iqtisodiyotning yangi tarmog‘i, avvalambor, qayta tiklanadigan
energiya manbalarini umumiy salohiyatining qariyb 99 foizini tashkil etadigan quyosh
energitikasini keng ko‘lamda rivojlantirish uchun, qolaversa, mamlakatimiz tabiatining
mussafoligini taminlashga qulay asos yaratishi mumkin. Erga tushadigan quyosh
|
| |