SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 5-SON




Download 469,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana20.09.2024
Hajmi469,98 Kb.
#271777
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustafayev T. Sh

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 5-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.05.2023 
66 
chiqarish texnologik jarayonining, elektr energiyasini taqsimlash va iste'mol qilishning 
o‗ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalar, magistral va taqsimlovchi 
elektr tarmoqlarini markazlashtirilgan holda boshqarishni saqlash zarurligini taqozo 
etadi. 
Energiya so‗zi yunonchadan olingan bo'lib, " harakat ", " faollik ", " kuch ", " 
quvvat degan ma'noni bildiradi. Energiya fizik tizimni boshqa bir fizik tizimlarga 
nisbatan ish bajara olish qobiliyati miqdoridir. Energiya resurslari yoqilg‗i va yoqilg‗i 
bo‗lmagan vositalarga bo‗linadi. Yoqilg‗i bilan bog'liq energiya resurslari 
tiklanmaydigan, yoqilg‗i bilan bog'liq bo'lmaganlari esa tiklanadigan resurslar 
hisoblanadi. Tabiatdagi mexanik, issiqlik, elektr, quyosh, atom, shamol va boshqa 
turdagi energiya mavjud. 
Gidroenergetika - dunyoda qayta tiklanadigan energiya manbalarining eng ko‗p 
ishlatiladigan turidir. Suv resurslari asosida energiya ishlab chiqarishga asoslangan. Suv 
resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshoatlar va 
jihozlar majmui Gidro elektr stansiya (GES) yordamida elektr energiyasiga aylantiradi. 
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish texnologik 
jaravonining o‗ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektrostansiyalar, magistral va 
taqsimlovchi elektr tarmoqlari bilan birgalikda markaziy boshqaruvni saqlashni taqozo
etadi. Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan, umumiy uzunligi 8,8 ming 
kilometrdan ortiq bo'lgan 220 - 500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali 
hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari 
―O‘zelektrtarmoq‖ unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Respublika 
iste‘molchilariga elektr energiyasini sotish har bir hududiy tuzilmada aktsionerlik 
jamiyati sifatida faoliyat ko‗rsatuvchi o'n to'rtta tarqatish-sotish hududiy elektr 
tarmoqlari korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Korxonalar balansida umumiy 
uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish liniyalari va kuchianishi 110 
kVgacha bo'lgan podstansiyalar bor. Respublika iste‘molchilariga elektr eneregiyasirii 
yetkazib berish asosan eng sertarmoq kuchlanishga ega 0,4-10 kVli uzunligi 196 ming 
kilometrdan ortiq bo'gan elektr tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Issiqlik energiyasi 
sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 
foizgacha yetadigan yuqori samarali bug'-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosidagi 
zamonaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi. 
Yoqilg‗i-energetika resurslari (YOER) - bu material obyekt bo‗lib, unda inson 
tomonidan amaliy foydalanishga yaroqli energiya to‗plangan. Energetika resursi deb - 
tabiiy yoki sun‘iy faollashgan har qanday energiya manbaiga aytiladi. Energiya 
resurslari - hozirgi vaqtda ishlatilayotgan yoki kelajakda ishlatilishi mumkin bo'lgan 
energiya tashuvchilardir. Mamlakat rahbariyati qabul qilgan choralari natijasida
O'zbekiston 1995-yildayoq neft va umuman energetika mustaqilligiga erishdi. Hozirgi 
paytda respublikaning o‗z-o‗zini ta‘minlashini hisobga olib, sanoat sohalari ustuvor 
rivojlanishi asosida respublikani zaruriy sifatga ega bo‗lgan energiya resursga bo‗lgan 



Download 469,98 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 469,98 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 5-SON

Download 469,98 Kb.
Pdf ko'rish