7
metodikadan farqlanib turadi. SHu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT
o’quv jarayonini texnik vositalar
yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi.
Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati
yangicha talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish
texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan
bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi.
Obyektiv borliqni o’rganishning tizimli
yondashish metodi fanda keng
ko’lamda qo’llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham
aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv
maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi.
Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida
fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: «O’qitish texnologiyasi – bu o’quv
jarayonini nima real tavsiflasa o’sha, o’qituvchiga o’rnatilgan maqsadlarga erishish
uchun nimaga tayanish zarur bo’lsa o’sha» Bu alohida fan .