13
umumtarbiyaviy) texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining yaxlit tizimliligi, ma’lum
bir region, o`quv yurti tomonidan uzliksiz ta’lim
tizimining muayyan bir
bosqichidagi texnologiyaning umumiy qo`nuniyatlari, ilmiy-nazariy asoslari,
tamoyillari, amaliyotda qo`llashning umumiy xususiyatlari,
shart-sharoitlarini
ifodalaydi. Shu o`rinda qayd etish kerakki, uzliksiz ta’lim tizimining har bir
bosqichida ta’lim mazmuni orqali tegishli o`ziga
xos maqsad va vazifalarni
amalga oshirish ko`zda tutilganligi sababli, pedagogik texnologiya ham o`ziga
xos xususiyatga ega bo`ladi. Bu darajada pedagogik texnologiya pedagogik tizim
tushunchasiga sinonim xisoblanadi. Uning tarkibiga ta’lim-tarbiya
jarayonining
maqsad va vazifasi, mazmuni, vosita va metodlari, tarbiya jarayonining ob’ekti va
sub’ekti faoliyatining algoritmlari kiradi.
2.