68
qo'yiladigan pedagogik talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta'rifida berishni
ma'qul deb topdik) ta'lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan: har bir
ta`lim oluvchining o'kuv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf yoki
guruhning o'quv ishi natijalari ta`lim oluvchining shaxsiy natijalarining o'rnini
almashtirishga yo'l bermaydigan nazoratning individual tavsifi; nazoratni ta'lim
jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang'ichidrok etishdan
to bilimlarni amalda
qo'llashgacha bo'lgan bosqichlarida ta`lim oluvchilarning o'quv faoliyatlarining
boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi; nazoratning o'qitish,
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, uni olib borishga ta`lim
oluvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari; o'quv dasturining barcha qismlarini qamrab
olgan, ta`lim oluvchilarning nazariy bilimlari, intillektual hamda amaliy ko'nikma va
malakalarini tekshirishdan iborat nazoratning keng ko'lamliligi; ta`lim oluvchilarni
har jihatdan bilib olmasdan turib, o'qituvchining
xato xulosalar chiqarish, sub'ektiv
munosabatda bo'lishiga yo'l qo'ymasligi, shuningdek, o'zlashtirish natijalarini
baholashda baho mezonlariga qat'iy rioya qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi
(ob'ektivligi); har bir fan, uning bo'limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek,
ta`lim oluvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga
olgan holda turli nazorat
metodlarini
tanlashning
tabaqalashganligi;
muayyan
sinf
(guruh)
ta`lim
oluvchilarining o'quv ishlarini nazorat qilishda barcha o'qituvchilar tomonidan
qo'yiladigan talablarning bir xil bo'lishi. Yuqorida ko'rsatilgan talablarga rioya qilish
orqali nazoratning ishonchliligi ortadi va o'quv jarayonida o'z vazifalarini hal qilishga
imkon yaratiladi. Har bir fan bo'yicha ta`lim oluvchining o'quv faoliyatini nazorat
qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib
boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi: joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat. Joriy nazorat - bu ta'lim jarayonida ta`lim oluvchilar tomonidan
o'quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o'zlashtirilish bo'yicha bilim,
ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat Ta`lim
beruvchitomonidan o'tkazilib, ta`lim oluvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning
har bir mavzusi bo'yicha kundalik ballar qo'yib borishni nazarda tutadi. Oraliq
nazorat ta`lim oluvchilar tomonidan o'quv materialining muayyan bob yoki bo'limlari
bo'yicha o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash
shakli. Yakuniy nazorat - ta'lim oluvchilarning chorak
yoki yarim yillik uchun
belgilangan o'quv materiallari bo'yicha o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalari
darajasini aniqlash, baholash shakli bo'lib, o'rganilgan mavzular bo'yicha yozma,
og'zaki, test shaklida o'tkaziladi.
Ta`lim oluvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og'zaki, yozma, test
hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo'lishi mumkin. Og'zaki
tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan
an'anaviy usullaridan biridir. Og'zaki tekshirishning mohiyati shunda ko'rinadiki,
69
ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarga o'rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib,
ularning o'zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og'zaki tekshirish ta`lim oluvchilarning
bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim
hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og'zaki tekshirishda ta`lim beruvchi
o'rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan ta`lim
oluvchilarga savollar beradi. Biroq, ta`lim oluvchilarning nutqini o'stirish hamda
ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo'lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi
mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko'pgina fanlarda og'zaki
tekshirish ta`lim oluvchilarning javoblarini yozma mashqlarni
tashkil etish asosida
to'ldirib boriladi. Shu bois ta`lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish va
baholashning muvaffaqiyatini ta'minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi.