• 46-§. So‘z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari.
  • So‘z turкumlari tayanch tushunchalar




    Download 101.5 Kb.
    bet1/3
    Sana14.03.2024
    Hajmi101.5 Kb.
    #172077
      1   2   3
    Bog'liq
    ттт
    2. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. Dars tahlil turlar, aksiologik-yondashuv-asosida-media-madaniyatini-rivojlantirish, 18, File0001, File0001, File, Silabus Media sa, dogovor252, @Sillabus dasturlash asoslariATVT (2), МЕТОДИКА И ТЕХНОЛОГИИ ПРЕПОДАВАНИЯ ЛЕКСИКОЛОГИИ И ФРАЗЕОЛОГИИ, FIZIKA ATTESTATSIYA sinov 8(2021) 15.04.2021 II (2), Sobirov Azamat - Oliy, baym lect7, komp tar 7-8 amaliy, metrologiya 1

    SO‘Z TURКUMLARI


    Tayanch tushunchalar
    semantik tasnif, avtosemantik, sinsemantik, morfologik tasnif, o‘zgaruvchi leksema, o‘zgarmas leksema, sintaktik tasnif, mustaqil so‘z, yordamchi so‘z, derivatsiya, transpozitsiya, konversiya, leksikalizatsiya, substantivatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, pronominalizatsiya,verbalizatsiya


    Shuni ham ta’kidlash joizki, tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gram-matik ma’no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan: ko‘rib qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birikmalardagi qol, ol, ich so‘zlari o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosni yo‘qotgan holda yordamchi so‘z sifatida qo‘llangan.
    Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug‘aviy ma’no, ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan kelib chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi turkumlari: 1) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar kabi alohida yordamchi so‘zlar guruhidan iborat.
    46-§. So‘z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari. Leksema ham serqirra mohiyatli lisoniy birlik, uning tasnifida bu jihat asosiy diqqat markazida turishi lozim. Chunki leksemaning har bir qirrasi alohida bir tasnifga asos bo‘ladi. Uning har biri o‘z o‘rnida ahamiyatli.
    So‘z turkumlarida leksika va grammatika, lison va nutq, til va borliq munosabatlari shunday qorishadiki, bu murakkab holat ularni tasniflashni murakkablashtiradi.
    So‘z leksika uchun ham, grammatika uchun ham asosiy va zaruriy birlik. Modomiki, so‘z turkumlari o‘zida u yoki bu belgisiga ko‘ra ajratilgan so‘z guruhlari ekan, guruhga ajratishga doir muammolarni leksika, morfologiya va sintaksis bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar o‘zlaricha hal etadi. Bundagi ilmiy bahslar, avvalo, turkumlarga ajratish mezonlari, ajratiluvchi guruhlar soni va ularning tarkibi masalasi. Boshqacha aytganda, tilshunosligimizda asosiy e’tibor so‘z turkumlari tasnifiga qaratilib, boshqa bir muhim masala – so‘z turkumlarining o‘zaro munosabati, ularning kesishuv nuqtalari, yaqinlashuvi va uzoqlashuvi ko‘pincha nazardan chetda qoladi.
    So‘z turkumi soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo‘lgani kabi, o‘zbek tilshunosligida ham, so‘zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatini inobatga olish keng tarqalgan. Biroq amaliyotda so‘z turkumlarini ajratishda, asosan, ularning semantik xossasiga tayanish urf bo‘lgan. Ayrim tilshunoslar tomonidan tasnifda ma’noviy belgi bosh va yagona asos sifatida qaraladi. Ba’zilar esa mezon sifatida mazkur uch belgini tan olgani holda so‘zlarni ma’noviy va sintaktik belgilari asosidagina guruhlashadi. So‘z turkumlarining bir-biriga o‘tishi, leksik va leksik-grammatik omonimiya masalasi esa bunda har xil qarama-qarshilik va ikkilanishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
    So‘z guruhlariaro munosabatlarning ochilishi u yoki bu belgi asosida so‘z turkumining muayyan turini ajratishga, tasnifini berishga olib keladi. Shuning uchun mantiqiy qarama-qarshilikdan qochish maqsadida formal mantiqning borliq hodisasini tasniflashga qo‘yadigan asosiy talabidan biri bo‘lgan «tasnifni faqat bir mezon asosida amalga oshirish, tasnifning ikki belgisini bir paytning o‘zida qo‘llab, ularni qorishtirmaslik» qoidasiga qat’iy rioya qilish lozim.
    Shunday qilib, so‘zlar semantik, morfologik va sintaktik belgisi asosida tasnif qilinishi maqsadga muvofiq. Bu uch belgi har bir so‘zda dialektik birlikni tashkil etadimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Boshqacha aytganda, ma’lum bir semantikada ma’lum bir morfologik belgi va sintaktik xususiyat mujassamlashganmi? Masalan, predmetni ifodalovchi so‘z (ya’ni predmetlik ma’nosi) son, kelishik, egalik ma’nolariga, shuningdek, subyekt, obyekt vazifalariga egami? Dalillar shuni ko‘rsatadiki, ular subyekt, obyekt vazifalarida keladi. Shu bilan birgalikda, atributiv vazifada kelib, predmetning belgisini (tilla uzuk, qum soat), belgining belgisini (tovushdan tez, yovdan xavfli) bildiradi. Belgi ma’noli so‘z egalik, kelishik affikslarini olishi, gapda subyekt, obyekt vazifalarida kelishi mumkin (Olmaning qizili pishdi, gullarning oqidan terdi kabi.)
    Semantik-morfologik-sintaktik belgilar birligi asosida tasniflash tarafdorlari bunda yo omonimiya, yo substantivatsiya (otlashish) hodisasini ko‘radilar. Chunki bu so‘zlarda belgi ham, predmetlik ham mushtarak.
    So‘zlarning bayon etilgan semantik xususiyatlari, ya’ni «belgilik» va «predmetlik» ma’nosining birligi shuni ko‘rsatadiki, so‘zlarning egalik, kelishik, kesimlik affikslari hamda ma’lum bir sintaktik vazifa bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi yo‘q. Takror bo‘lsa-da, aytish joizki, egalik, kelishik, kesimlik affikslari, shuningdek, gapda ma’lum bir sintaktik vazifa bajarish biror so‘z turkumi uchun xususiylashmagan. To‘g‘ri, ayrim so‘zlar faqat predmetni bildirsa-da, belgi ifodalamaydi (masalan, atoqli otlar), ba’zilari esa predmetga ishora qilmasdan, faqat belgi, miqdor (masalan, ko‘p, oz, bir, ikki) ifodalashi mumkin. Bu yuqoridagi fikrga monelik qila olmaydi. Chunki ular juda oz miqdorda bo‘lib, ular «predmetlik va belgilik mushtarakligi maydoni»ning chekkasidan o‘rin oladi. Chegaradan o‘rin egallovchi bunday so‘zlar tasnifda, albatta, qiyinchilik tug‘diradi. Shu boisdan ular sun’iy ravishda u yoki bu turkumga kiritib yuboriladi. Holbuki, bunday birliklarning o‘rni ajratilayotgan so‘z turkumlarining sarhadida. Shu boisdan tilshunos L.V.Sherba shunday yozadi: «Faqat guruhlar markazidagi birliklar aniq. So‘z turkumlari chegarasidagi oraliq birliklar esa hamisha u yoq-bu yoqqa tebranib turadi. Ana shu noaniq, xira va tebranib turuvchi holat tilshunosning diqqatini ko‘proq o‘ziga jalb etmog‘i lozim».
    Agar so‘zda semantik, morfologik va sintaktik belgi butunlikni tashkil etmas ekan, bunda ular tasnif asosi bo‘lib xizmat qila olmaydi. Zero ziddiyatsiz bo‘lish, guruhlash faqat bir asosda amalga oshiriladi. Shuning uchun ayrim manbalarda, darslik va qo‘llanmalarda mualliflar so‘zlarni uch belgi birligi asosida tasnif qilishib, asosan, ulardan biriga yetakchi, asosiy mezon sifatida tayanishadi, shu bilan birgalikda, bir tasnifning o‘zida tasnif asosini bir necha marta almashtirishadi. Deylik, o‘zbek tilidagi so‘zlar tasnifida morfologik belgi yetakchilik qiladi. Shu boisdan taqlidlar mustaqil so‘zlarning barcha belgilariga ega bo‘lsa-da, morfologik o‘zgarmas so‘z bo‘lganligi uchun nomustaqil so‘zlar sirasiga kiritib yuborilgan. Yoki gap bo‘laklari sintaktik belgi asosida tasnif etiladi, biroq an’anaviy yondashuvda ergash gapli qo‘shma gaplar bo‘linishida tasnif sintaktik belgi asosida boshlanib, semantik belgi bilan yakunlanadi.
    Ta’kidlash kerakki, qayd qilingan uch mezondan hammasi ham so‘z guruhlarini belgilashda bir xil mavqega ega emas. Bu, avvalo, so‘zlarning sintaktik vazifalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki biror bir sintaktik vazifani bajarish imkoniyati barcha mustaqil so‘z turkumida mavjud. Bu vazifa so‘z turkumlarini farqlash uchun emas, aksincha, ularni tenglashtirish uchun xizmat qiladi. Sintaktik vazifa nuqtayi nazaridan mustaqil va yordamchi so‘zlar ajraladi, xolos. Ammo bunda ham yordamchi so‘z vazifasida qo‘llanadigan ot yoki fe’l haqida gap ketganda chalkashlik vujudga keladi. Nomustaqil so‘zlarning ichki tasnifida ularning sintaktik vazifalarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, muayyan sintaktik munosabatni ifodalash ularning mohiyatini, kategorial ma’nosini tashkil etadi.
    Morfologik tasnifda so‘zlarning ikki muhim jihati e’tiborga olinadi: so‘zlarning shakl yasalishiga potensial imkoniyati va muayyan grammatik kategorial ma’no ifodalanishining ma’lum bir so‘z guruhlari bilan bog‘liqligi.
    Birinchi jihatga ko‘ra morfologik o‘zgaruvchi va o‘zgarmas so‘z farqlansa, ikkinchi jihatga ko‘ra, so‘zlarning morfologik guruhlari (so‘z turkumlari) ajratiladi.

    Download 101.5 Kb.
      1   2   3




    Download 101.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So‘z turкumlari tayanch tushunchalar

    Download 101.5 Kb.