|
Fanning maqsadi va vazifasi
|
bet | 76/79 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #150322 |
Bog'liq Мажмуа Спорт менежменти ва маркетинги 2022 2023
Fanni o’qitishdan maqsad: Sport menejmenti va marketingi hamda marketing fanini o’qitishdan maqsad – magistrlarda bo’lajak jismoniy madaniyat o’qituvchisiga kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarga ega qilish. O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sporti tizimida bo’lajak jismoniy tarbiya o’qituvchilarining bilimlarini rivojlantirishni shakllantirish. Uzluksiz ta`lim tizimining barcha bosqichlariga bevosita aloqador bo’lgan uslubiy jihatlardagi yangilik va muammolarni o’rganish. Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing fanini va boshqa o’zaro a`loqador fanlarni o’qitish metodikasi doir o’quv materiallar bilan uyg`unlikda o’rgatish. Magistrlarni fan mutaxasisi sifatida shakllantirishda milliylik, tarixiylik, raqobatbardoshlik, zamonaviylik, izchillik, motivatsiya, amaliylik hamda novatorlik kabi sifatlarni ko’zda tutgan holda ta`lim-tarbiya berish. Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing fanini o’rganish natijasida, bo’lajak o’qituvchi sport turlarini o’qitish nazariyasi va amaliyotining murakkab tomonlarini o’rganishlari, ularni ko’pgina faktorlariga bog’lashlari hamda o’qitish va mashq jarayonida uzluksizligini o’zgarishini aniqlab olishlari zarur. Shu asosida ular o’rganuvchilar bilan olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar davrida va ilmiy izlanishlarda professional pedagogik malakalarni egallab olishlari lozim.
Fanning vazifasi: Sport menejmenti va marketingi hamda marketing fanining asosiy maqsadiga erishishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak bo’ladi:
- kasbiy ta`limning vazifalarini asoslash, uning ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish;
- talabalarda o’quv materialini mazmunini asoslash bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirish;
- kasbiy ta`lim jarayonini tashkil etishning shakl va metodlarini asoslash.
- bo’lajak mutaxassislarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik va axborot texnologiyasini asoslash;
- jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketingning taraqqiyot tendentsiyasi (jihati), uning bugungi kundagi holati, izlanish metodlari, yangilanish sabablari, shuningdek o’quv adabiyotlar bilan tanishtirish;
- uzluksiz ta`lim tizimining bo’g`inlarida jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing fanini o’ziga xos jihatlarini etkazish;
- kadrlar tayyorlash milliy dasturini, ta`lim jarayonining davriylik qonuniyatini jismoniy tarbiya tizimi bilan umumiylik xosil qilish qonuniyatlarini o’rgatish;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ulardan foydalanish, interfaol usullarning asosiy ko’rinishlari va ularni qo’llash, jismoniy madaniyat ta`lim fanlaridan darsdan tashqari ishlarni tashkil etish olib borish borasida bilim va malakalar berish;
- jismoniy madaniyat fanlarida tajriba orttirish va undan foydalanish malakalariga ega qilish;
- kasbiy ijodiy tajribalarni targ`ibot qilish, o’rgatish xamda magistrlarda o’z kasbiga bo’lgan e`tiqodini oshirish.
- kasbiy ijodiy tajribalardan foydalanish qoidalarini va zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy qilish bo’yicha bilim va malakalar bilan qurollantirish.
Fanning hajmi.
|
| |