|
Sql tilining vazifasi sql tilining tarixi sql operatorlarni yozish qoidalari
|
bet | 8/9 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 27,05 Kb. | | #147685 |
Bog'liq 9-MavzuFrom bo‘limi
From bo‘limi quyidagi sintaksisga ega:
<from bo‘limi> ::= FROM tasnifi > [, ...]
tasnifi> ::={nomi> | qismi>} [[AS]
taxallusi>] [( [, ...])] []
From bo‘limi bajarilish natijasida ro‘yxatda berilgan jadvallarning «kengaytirilgan» dekart ko‘paytmasi hosil bo‘ladi. «Kengaytirilgan» atamani ma’nosi shundaki, natijaviy jadvalda bir xil satrlar bo‘lishi mumkin.
Sintaksisdan ko‘rinib turibdiki, jadval nomidan keyin qo‘shimcha ism qo‘yish mumkin va operatorni boshqa bo‘limlarida shu ism orqali jadval ustunlariga murojaat qilish mumkin. Bu ancha qulayliklar yaratadi, birinchidan sinonim qisqa bo‘lishi mumkin, ikkinchidan biror bir jadval ko‘p marta ro‘yxatda uchrashi mumkin, bu holda sinonim albatta ishlatilishi kerak.
Jadval ifodasida from bo‘limi majburiydir, agarda u yagona bo‘lsa, ifodani natijasi shu bo‘lim natijasiga teng bo‘ladi.
Where bo‘limi
Agar jadval ifodasida where bo‘lim mavjud bo‘lsa, u keyingi navbatda hisoblanadi. Where bo‘limning sintaksisi quyidagicha:
<where bo‘lim> ::= WHERE <qidirish sharti>
<qidirish sharti> ::= [NOT] {<predikat>|(<qidirish sharti>)} [{{OR |
AND}{ [NOT] {<predikat>|(<qidirish sharti>)}}}…]
<predikat>::= <solishtirish predikati> | <interval predikati> |
<mansublik predikati> | <qolip predikati> | <null predikati> | <kvantor
predikati> | <mavjudlik predikati>
Where bo‘limini hisoblanishi quyidagicha bajariladi: faraz qilaylik R - FROM bo‘limini hisoblash natijasi bo‘lsin. U holda, tanlash sharti R jadvalni barcha satrlariga qo‘llanadi, where bo‘limi natijasida R jadvalga tanlash shartini qo‘llashda predikat qiymati TRUE ga teng bo‘lgan satrlar qoladi. Agar tanlash shartiga so‘rov qismlari kirsa, u holda har bir satr uchun so‘rov qismi qayta hisoblanib shart tekshiriladi, lekin aslida hisoblash usullari real BBBTda boshqacha bo‘lishi mumkin.
SQL/92 namunada berilgan bazasida noma’lum qiymatlar uchrashi mumkin, ya’ni Null-qiymat, bu qiymatni 0 bilan yoki bo‘sh satr bilan adashtirmaslik kerak, Null-qiymatga ega bo‘lgan har qanday arifmetik ifodani qiymati NULLga teng, agar satrlar ulamasida (kontenatsiyasida) Null-qiymat uchrasa, bunday ulamani qiymati NULL bo‘ladi, xuddi shunday solishtirish amallarni natijasi ham NULLga teng. Tanlash shartini hisoblashda uch qiymatlik mantiq (TRUE, FALSE, NULL) ishlatiladi, ya’ni bu amallarning natijasi quyidagicha bo‘ladi:
|
| |