|
SELECT fam, ismi, sharifi, jinsi, tug_il
|
bet | 4/9 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 27,05 Kb. | | #147685 |
Bog'liq 9-MavzuSELECT fam, ismi, sharifi, jinsi, tug_il,
shaharlar.nameshahar
FROM talaba INNER JOIN shahar
ON talaba.id_shah=shahar.id_shah
ORDER BY fam;
Til konstruksiyalar sintaksisini tavsiflash uchun biz Kengaytirilgan Bekus-Naur shakli (KBNSh) metatilini ishlatamiz [59]. Bu tilda quyidagi metabelgilar kiritilgan (meta bu boshqa tilni tavsiflash uchun ishlatiladigan so‘z):
1) ::= meta belgisi chap tarafda turgan meta so‘zni o‘ng tarafda turgan tavsifdan ajratish uchun ishlatiladi, ya’ni meta so‘z bu o‘ngda turgan konstruksiyadan iborat.
2) Katta harflar kalit so‘zlar uchun ishlatiladi.
3) Kichik harflar foydalanuvchi kiritgan so‘zlar uchun ishlatiladi.
4) Vertikal belgisi | bir nechta variantlardan birini tanlash kerakligini bildiradi (a | b | c).
5) Figurali qavslar { } ichidagi element majburiyligini bildiradi.
6) Kvadrat qavslar [ ] ichidagi element shart emasligini bildiradi.
7) Kvadrat qavslarldagi vergul va 3 nuqta belgisi [, . . .] bundan oldin turgan element nol, bir yoki bir necha marta qaytarilishi mumkinligini bildiradi.
8) Burchak qavslar < > konstruksiya elementlarini belgilash (meta so‘zlar) uchun ishlatiladi.
9) Probel belgisi operatorlar shaklini qulay ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
10) Vergul belgisi elementni ro‘yxatda berish uchun ishlatiladi.
11) Nuqta-vergul belgisi operator tamom bo‘lishini bildiradi.
Berilganlar bazasi turkumini (jadvallar va bog‘liqliklar) tafsiflash uchun DDL tili ishlatiladi, bazani to‘ldirish va undan ma’lumot olish uchun DML tili qo‘llanadi. Lekin barcha BBBTlarda jadvallarni yaratish, tavsiflash va o‘zaro bog‘lash uchun «master» (usta) deb nomlangan maxsus programma vositasi bordir, shu sababli DDL tili amalda kamdan-kam ishlatiladi. Shuning uchun biz oldin DML tilini o‘rganib chiqamiz.
Berilganlar ustida qayta ishlash
Berilganlar ustidan ishlov uchun quyidagi to‘rtta operator mavjud:
SELECT – berilganlar bazasidan ma’lumotlarni tanlash;
|
| |