|
TRUE AND NULL = NULL; FALSE AND NULL = FALSE
|
bet | 9/9 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 27,05 Kb. | | #147685 |
Bog'liq 9-MavzuTRUE AND NULL = NULL; FALSE AND NULL = FALSE;
NULL AND TRUE = NULL; NULL AND FALSE = FALSE;
NULL AND NULL = NULL;
TRUE OR NULL = TRUE; FALSE OR NULL = NULL;
NULL OR TRUE = TRUE; NULL OR FALSE = NULL;
NULL OR NULL = NULL;
NOT NULL = NULL
Group By bo‘limi
Agar jadval ifodasida group by bo‘limi mavjud bo‘lsa, u navbat bo‘yicha hisoblanadi. Group by bo‘limi sintaksisi quyidagicha:
<group by bo‘limi> ::= GROUP BY <ustun tasnifi> [, ...]
Agar oldingi bo‘limlar natijasini R deb olsak, u holda GROUP BY ishlashi natijasida R jadvali ko‘rsatilgan ustunlar bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhda mos ustunni qiymati bir xil bo‘ladi. Bunday jadval guruhlangan jadval deb nomlanadi.
Having bo‘limi
Having bo‘limi, agar mavjud bo‘lsa, oxirida hisoblanadi. Uning sintaksisi quyidagicha:
<having bo‘limi> ::= HAVING <qidirish sharti>
Bu bo‘lim jadval ifodasida faqatgina group by bo‘limi mavjud bo‘lsagina qatnashadi. Bu bo‘lim guruhlangan jadvaldagi satrlarni solishtirib tanlaydi. Tanlash sharti where bo‘limi shartiga o‘xshaydi. Lekin ba’zi bir chegaralar ham bor. Bu chegaralarning, sababi shundaki, unda qo‘yilgan shartlar alohida satrga emas, butun guruhga tegishli bo‘ladi. Shartli ifodada faqat group by bo‘limda ko‘rsatilgan ustunlar qatnashishi mumkin, qolgan ustunlar faqat agregat funksiyalar parametrlarida qatnashishi mumkin, bu funksiyalar ko‘rsatilgan guruh bo‘yicha hisoblanadi va shart ifodada qatnashishi mumkin. Xuddi shunday predikatga kirgan so‘rov qismi faqat guruh ustunlarga murojaat qilishi mumkin. Having bo‘limi bajarish natijasida shartni qanoatlantirgan guruhlangan jadval bo‘ladi.
Xulosa
SQL noprotsedur til bo‘lib, ingliz so‘zlardan iboratdir. Uni oddiy foydalanuvchilar va professionallar ham ishlatishi mumkin. Bu til relatsion berilganlar bazasini tavsiflashda va ishlovda namuna bo‘lib qolgan.
SELECT operatori SQL tilini eng muhim operatori bo‘lib, so‘rovni yaratishda ishlatiladi.
SELECT operatorning tanlash ro‘yxatida ustunlar nomi va/yoki hisoblanuvchi maydonlar ko‘rsatilishi mumkin bu ustunlar natijaviy jadvalda aks ettiriladi.
FROM bo‘limida tanlash ro‘yxatiga tushgan ustunlar jadvali yoki tasavvuri ko‘rsatilishi kerak.
WHERE konstruksiyasi natijaviy jadvalgan tushadigan satrlarni tanlash uchun ishlatiladi. Tanlash qo‘yilgan shartni tekshirish orqali bajariladi, agar tekshirish natijasi rost bo‘lsa satr qo‘shiladi, aks holda qo‘shilmaydi.
ORDER BY konstruksiyasi natijaviy jadvalni satrlarini tartiblash uchun qo‘llaniladi.
Nazorat uchun savollar
1. SQL tilning ikki asosiy tarkiblarini ayting. Qanday ishlarni ular bajaradi?
2. SQL tilning afzalligi va kamchiligi nimadan iborat?
3. Tanlash operatorning har bir konstruksiyani vazifasini tushuntirib bering, konstruksiyalarga qanday chegaralar qo‘yilgan?
|
| |