|
INSERT – jadvalga berilganlarni qo‘shish;
UPDATE
|
bet | 5/9 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 27,05 Kb. | | #147685 |
Bog'liq 9-MavzuINSERT – jadvalga berilganlarni qo‘shish;
UPDATE – jadvaldagi berilganlarni yangilash;
DELETE – jadvaldagi berilganlarni o‘chirish.
Bu operatorlar jadvallar, tasavvurlar va berilganlar bilan ishlaydi. Aniq berilganlar, ya’ni o‘zgarmaslar literallar deb nomlanadi. Literallar ustun qiymatini berishda, shartli ifodalarda (predikatlar) va boshqa turli joylarda ishlatiladi. SQL/89 tilida quyidagi berilganlar turlarini ishlatish mumkin (qisqa ma’lumot):
CHARACTER – satrli berilganlar uchun, satr o‘zgarmas qo‘shtirnoq belgilar ichiga olinadi va satrli literal deb nomlanadi.
NUMERIC, DECIMAL, INTEGER, SMALLINT turlar aniq fiksirlangan sonlar uchun ishlatiladi, masalan NUMERIC[([,] ) ] sonni aniqligini va masshtabini beradi. DECIMAL turi NUMERIC turiga ekvivalent, INTEGER va SMALLINT turlar butun sonlar uchun ishlatiladi. Suzuvchi nuqtali haqiqiy sonlarni tasvirlash uchun FLOAT, REAL va DOUBLE PRECISION turlar kiritilgan, bu turdagi literalda darajani ifodalovchi «E» harfi ishlatilishi mumkin.
SQL/92 da namunaga yana bir nechta turlar kiritilgan bu DATE, TIME, INTERVAL, TIMESTEP, MONEY bu turlar sana, vaqt, oraliq va pul qiymatlariga bog‘liq.
Barcha o‘zgarmaslar literal qiymatiga kiradi, uning sintaktik ko‘rinishi quyidagicha:
<literal qiymati>::=<son>|<satr>|<sana> |<vaqt>
<son>::=[+|-]{<raqam>…[.<raqam>…]|.<raqam>…}[{e|E}[+|-]
<raqam>…]
<satr>::=’{<belgi>|’’}…’
<sana>::=DATE ‘yyyy-mm-dd’
<vaqt>::=TIME ‘hh:mm:ss[.soniya qismi]’
Jadval ustuniga murojaat qilish uchun quyidagi sintaksis ishlatiladi:
<ustun tasnifi>::= [{<jadval nomi> | }.] <ustun nomi>
Bunda jadval taxallusi jadvalga berilgan qo‘shimcha sinonim nomi.
Misol:
INSERT INTO talaba (id_tal, fam, ismi, tug_il,
shahar, reyt_bal)
|
| |