|
Stansiya va podstansiyaning elektr qismi faniga kirish
|
bet | 4/5 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #111136 |
Bog'liq KirishO‘zbekiston va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda elektr energiyasi hosil qilish va uni taqsimlash uchun 50 Hz chastotali uch fazali o‘zgaruvchan tok qabul qilingan (AQSH, Finlyandiya va boshqa bir qancha mamlakatlarda 60 Hz chastota qabul qilingan). Uch fazali tokdan foydalanish sababi shundaki, bir fazali o‘zgaruvchan tok qurilmalariga qaraganida uch fazali tok tarmoqlari va qurilmalari juda tejamli bo‘ladi, shuningdik eng ishonchli, oddiy va arzon asinxron elektr dvigatellaridan elektr yuritma sifatida keng foydalanish imkoniyati bo‘ladi. O‘zbekiston va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda elektr energiyasi hosil qilish va uni taqsimlash uchun 50 Hz chastotali uch fazali o‘zgaruvchan tok qabul qilingan (AQSH, Finlyandiya va boshqa bir qancha mamlakatlarda 60 Hz chastota qabul qilingan). Uch fazali tokdan foydalanish sababi shundaki, bir fazali o‘zgaruvchan tok qurilmalariga qaraganida uch fazali tok tarmoqlari va qurilmalari juda tejamli bo‘ladi, shuningdik eng ishonchli, oddiy va arzon asinxron elektr dvigatellaridan elektr yuritma sifatida keng foydalanish imkoniyati bo‘ladi. Sanoatning ba’zi tarmoqlarida uch fazali tok bilan bir qatorda o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash yordamida olinadigan o‘zgarmas tokdan ham foydalaniladi (ximiya sanoati va rangdor metallurgiyadagi elektroliz jarayoni, elektrlashtirilgan transport va boshqalar). Hozirgi vaqtda o‘zgarmas tokdan elektr energiyasini uzoq masofalarga 800 kV gacha kuchlanish bilan uzatishda ham foydalanilmoqda. Sanoatning ba’zi tarmoqlarida uch fazali tok bilan bir qatorda o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash yordamida olinadigan o‘zgarmas tokdan ham foydalaniladi (ximiya sanoati va rangdor metallurgiyadagi elektroliz jarayoni, elektrlashtirilgan transport va boshqalar). Hozirgi vaqtda o‘zgarmas tokdan elektr energiyasini uzoq masofalarga 800 kV gacha kuchlanish bilan uzatishda ham foydalanilmoqda. Neytrallarning elektrqurilmalardagi ish rejimlari Elektroqurilmalarning neytrallari deb generator yoki transformatorlarning yulduz shaklida ulangan chulg‘amlarining umumiy nuqtasi aytiladi. Mashina va transformatorlar neytrallarining yer bilan tutashish turi ko‘p jihatdan elektroqurilmalarning izolyasiyalanish sifati va kommutatsiya apparatlarini tanlashga, o‘ta kuchlanishlar kattaligi va ularni cheklash usullariga, yer bilan bir faza orqali qisqa tutashuvdagi toklarning kattaligi, releli himoyaning ish sharoitiga va elektr tarmoqlaridagi xavfsizlikka, aloqa liniyalariga ko‘rsatiladigan elektromagnit ta’sirga va hokazolarga ko‘p jihatdan bog‘lik.
Neytrallarning ish rejimiga qarab elektr tarmoqlari to‘rt guruhga bo‘linada: neytrallari yerga ulanmagan tarmoqlar; neytrallara yerga rezonansli ulangan tarmoqlar; neytrallari yerga samarali ulangan tarmoqlar; neytrallari yerga qo‘zgalmaydigan ulangan tarmoqlar.
Xalqaro elektrotexnika komiteti (MEK) tavsiyasiga asosan yerga samarali ulangan neytralli tarmoqlarga neytrallari yerga bevosita yoki katta bo‘lmagan aktiv qarshilik orqali ulangan yuqori va o‘ta yuqori kuchlanishli tarmoqlar kirada. Bu guruhga, odatda, yerga qo‘zg‘almaydigan ulangan neytralda ishlaydigan, kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan tarmoqlar kiradi.
|
| |