Step conference




Download 259,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana10.06.2024
Hajmi259,72 Kb.
#262284
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
STEP..YARIMOTKAZGICHLARDA ELEKTR TOKI (1)

STEP CONFERENCE
2
ko'tarilishi bilan ortib boradi (masalan, temperatura 1 K ga ortganda 
yarimo'tkazgichlarning solishtirma o'tkazuvchanligi 16-17 
marta ortadi); 
yarimo'tkazgichlarning elektr o'tkazuvchanligida erkin elektronlardan tashqari 
atom bilan bog'langan elektronlar ham ishtirok etadi (ba'zi hollarda bog'langan 
elektronlar asosiy rol o'ynaydi); sof yarimo'tkazgichlarga ozmiqdorda qo'shilma 
kiritib, uning o'tkazuvchanligini keskin o'zgartirish mumkin (masalan, 0,01% 
qo'shilma kiritilganda yarimo'tkazgichlarning o'tkazuvchanligi 10000 marta ortib 
ketadi). Past tralarda yarimo'tkazgichlarning solishtirma qarshiligi juda katta 
bo'ladi va amalda ular izolyator hisoblanadi, lekin temperatura ortishi bilan ularda 
zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasi keskin ortadi. Masalan, sof kremniyda 
20° trada erkin elektronlar konsentratsiyasi ~1017m~3bo'lsa. 700° da 1024 
m"3gacha, ya'ni million martadan ko'proq ortadi. Yarimo'tkazgichlarda erkin 
elektronlar konsentratsiyasining traga bunday keskin bog'likligi o'tkazuvchanlik 
elektronlari issiqlik harakati ta'sirida hosil bo'lishini ko'rsatadi. Yarimo'tkazgich 
kristallda atomlar valent elektronlari yordamida o'zaro bog'langan. Atomlarning 
issiqlik tebranishlari vaqtida issiqlik energiyasi valent elektronlar orasida notekis 
taqsimlanadi. Ayrim elektronlar o'z atomi bilan bog'lanishni uzib, kristallda erkin 
ko'chib yurish imkonini beradigan yetarli miqdordagi issiqlik energiyasiga ega 
bo'lib qolishi va erkin elektronlarga aylanishi mumkin. Tashqi elektr maydon 
bo'lmaganda bu erkin elektronlar tartibsiz harakat qiladi. Elektr maydon ta'sirida 
esa 
maydonga 
qarshi 
yo'nalishda 
tartiblangan 
harakatga 
kelib, 
Yarimo'tkazgichlarda tok hosil qiladi. Erkin elektronlar yuzaga keltirgan 
o'tkazuvchanlik elektron yoki p tip o'tkazuvchanlik deb ataladi. Bog'langan 
elektronning o'z atomini "tashlab ketishi" atomning elektr neytralligini buzadi. 
unda "ketib qolgan" elektron zaryadiga miqdoran teng musbat zaryad - teshik 
vujudga keladi. Tashqi elektr maydon bo'lmaganda elektronlar ham, teshiklar ham 
tartibsiz harakatlanadi, tashqi maydon bo'lganda esa elektronlar maydonga qarshi, 
teshiklar maydon bo'ylab ko'chadi. Teshiklarning ko'chishi bilan bogliq 



Download 259,72 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 259,72 Kb.
Pdf ko'rish