|
Step conferenceBog'liq STEP..YARIMOTKAZGICHLARDA ELEKTR TOKI (1) STEP CONFERENCE
5
3. Yarimo'tkazgich materiallarida metallardan farqli holda 2 xil tok tashuvchilar
ya'ni elektron va kovaklar mavjud. Bu degan so'z bitta yarimo'tkazgich materiali
asosida elektron o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan n- tip yoki kovak o'tkazuvchanlikka
ega bo'lgan p- tip material olishimiz mumkin. Mana bu xususiyat «Qattiq jismlar
elektronikasi» ga asos bo'lishi diod (p-n) va tranzistorlarning kashf etilishiga va
hozirgi zamon mikro hamda nanoelektronika paydo bo'lishiga va rivojlanishiga
asos bo'ldi. Yarimo'tkazgich materiallarining mana bu o'ta noyob xossasi insoniyat
hayotida texnika yo'nalishi bo'yicha texnika revolyutsiya davrini boshlab berdi. 4.
Metallarda umuman mavjud bo'lmagan tushuncha tok tashuvchilar (elektron va
kovaklarning) yashash vaqti va boshqarish yo'llari yarimo'tkazgichlar asosida
umuman yangi turdagi elektron asboblar yaratish imkonini berdi. Bular -lazerlar,
fotoelmentlar va boshqalar. Yarimo'tkazgichlarda tok tashuvchilar yashash vaqti
juda katta oraliqda 10-3^10-11 sek, o'ta tez ishlaydigan hozirgi zamon hisoblash
mashinalari paydo bo'lishiga olib keldi.
5. Metallarga qaraganda yarimo'tkazgich materiallari elektrik, optik, magnit
xossalari tashqi ta'sirga (magnit maydon, radiatsiya, bosim, yorug'lik va h. k.) o'ta
sezgirdir. Mana bu noyob xossa- tubdan yangi -fotoelementlar, fotopryomniklar
yaratilishiga olib keldi. Bu esa hozirgi zamon hisoblash texnikasi, robotatexnika va
diagnostika sohalarini o'ta yuqori darajada rivojlanishiga asos bo'ldi.
6. Yarimo'tkazgich materiallarni metallardan yana bir alohida xususiyati bu tok
tashuvchilar harakatchanligi nafaqat o'ta yuqori qiymatlarga va balki, harorat
hamda nuqsonlarga o'ta bog'liqdir.
Element va kristall panjara tuzilishiga ko'ra yarimo'tkazgichlar oltita guruhga
bo'linadilar:
Element va kristall panjara tuzilishiga ko'ra yarimo'tkazgichlar oltita guruhga
bo'linadilar:
1. Elementar yarimo'tkazgichlar; Si, Ge va Sn.
2. Birikmali yarimo'tkazgichlar AmBV; AlAs, AlP, GaAs, GaP, InAs va InP.
|
| |