|
Step conferenceBog'liq STEP..YARIMOTKAZGICHLARDA ELEKTR TOKI (1) STEP CONFERENCE
3
o'tkazuvchanlik teshikli yoki rtmp o'tkazuvchanlik deyiladi. Erkin elektronlar soni
bilan teshiklar soni bir-biriga tengligi tushunarli. Anqlanishicha, ularning
harakatlanish tezligi ham bir xil ekan.
Demak, yarimo'tkazgichlardagi tok ayni vaqtda ham elektron, ham teshikli
o'tkazuvchanlikdan vujudga keladi. Bunday electron teshikli o'tkazuvchanlik
yarimo'tkazgichlarning xususiy o'tkazuvchanligi deyiladi. Xususiy o'tkazuvchanlik
sofda kuzatiladi. Biroq tabiatda sof yarimo'tkazgichlar yo'q. Ba'zi qo'shilmalar
yarimo'tkazgichlarni erkin elektronlar bilan boyitsa, boshqa ba'zi qo'shilmalar
teshiklar bilan boyitadi. Yarimo'tkazgichlarda yuzaga keladigan bunday
o'tkazuvchanlik
qo'shilmali
o'tkazuvchanlik
deb
ataladi.
Agar
asosiy
yarimo'tkazgichlar atomi o'rniga elementlar davriy sistemasida undan keyingi
guruhda turgan element atomi kiritilsa, bu qo'shilma atomning bitta valent
elektroni atomlararo bog'lanishda ishtirok etmaydi va erkin elektronlar safiga
qo'shiladi, binobarin, itip o'tkazuvchanlik ortadi. Va, aksincha, undan oldingi
o'rinda turgan element atomi kiritilsa, atomlararo to'la bog'lanishda 1 ta elektron
yetishmaydi, teshik hosil bo'ladi. Bunda rtip o'tkazuvchanlik ortadi. Qo'shimcha
birinchi holda donor (elektron beruvchi) qo'shilma, ikkinchi holda esa akseptor
(elektron oluvchi) qo'shilma deb ataladi. Shunday qilib, yarimo'tkazgichlarning
elektr o'tkazuvchanligi xususiy va aralashmali o'tkazuvchanliklar yig'indisidan
iborat bo'ladi. Yuqori tralarda xususiy o'tkazuvchanlik, past tralarda esa qo'shilmali
o'tkazuvchanlik asosiy rol o'ynaydi. O'tkazgichlarda erkin zaryadlar mavjud
bo'lganligi uchun tashqi elektrostatik maydon ta'sirida o'tkazgich sirtining bir
qismida musbat ishorali erkin zaryad, boshqa ikkinchi qismida esa manfiy ishorali
zaryad paydo bo'ladi. O'tkazgich ichida hech qanday erkin zaryad bo'lmagani
uchun elektrostatik maydonham bo'lmaydi. O'tkazgichning sirti ekvipotensial sirt
bo'lganiuchun zaryadlangan o'tkazgichni potensial bilan harakterlash mumkin.
O'tkazgichning zaryadi ortgan sari uning potensiali ham ortadi. O'tkazgichning
elektr zaryad to'plash xususiyatini ifodalovchi elektr kattalik elektr sig'imi deyiladi.
|
| |