Kompaniya maqsadlarini o’rnatish




Download 98,5 Kb.
bet2/7
Sana20.11.2023
Hajmi98,5 Kb.
#101998
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1523440605 70960

Kompaniya maqsadlarini o’rnatish
Maqsadni aniqlash strategik ko’rish va kompaniyaning rivojlanish yo’nalishlarini aniq maqsadga aylantirib beradi. Maqsad - bu korxona boshqaruv apparatining belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir.
Korxonaning o’zoq muddatli rejalari aniq o’lchanadigan konkret vazifalarga aylantirilmaguncha missiya va Korxonaning kelajak niyatlari chiroyli so’zlar bo’lib qolaveradi. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning xal qiluvchi daqiqasidir.
Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aktsionerlarining manfaatlariga qanday qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga yo’nalganlik Korxonaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristiqalarini va uning yetakchi falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun tashkiliy mazmun kasb etadi.
Korporativ maqsadga yo’nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat:

Kompaniyaning maqsadga yo’nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi va ichki guruxlar ta’sir ko’rsatadi (3-rasm.)

Ichki guruhlar:
Menejerlar.
Direktorlar kengashi.
Aktsionerlar.
Yollanma ishchilar.


Maqsadni belgilash.
Biznesni aniqash.
Bosh tizimlar.
Biznes falsafasi

Tashqi guruhlar:
Iste’molchilar.
Etkazuvchilar. Xukumat.
Kasaba uyushmalari.
Raqobatchilar.
Jamiyat.






Vazifa va mavqeidan kelib chiqib strategiyani ifodalash


3-rasm. Maqsadni belgilash va korxona strategiyasini shakllantirishda xarakatlanuvchi guruhlar


Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim:
- Bizning biznesimiz nimadan iborat?
- U qanday bo’ladi?
- U qanday bo’lishi kerak?
Birgina biznes bilan shug’ullanuvi kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga javob topishni taqozo etadi:
- kimning ehtiyoji qondiriladi (istemolchilarning qanday guruxlari)?
- qanday extiyojlar qondiriladi (istemolchilarning qaysi extiyojlari)?
- istemolchilarning extiyojlari qanday qondiriladi (san’at yoki farq qiluvchi ustunliklar)?
Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak:
- xo’jalikning o’rta bo’g’inlari uchun istemolchiga yo’naltirilgan (birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham);
- korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeliga yo’naltirilgan.
Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- kompaniya portfelining maqsadlari;
- xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeli diversifikatsiyasi;
- portfeldagi xo’jalikning o’rta bug’inlari o’rtasidagi balans.

Download 98,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 98,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompaniya maqsadlarini o’rnatish

Download 98,5 Kb.