Student design to develop technological competence




Download 323.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.08.2023
Hajmi323.33 Kb.
#79615
  1   2
Bog'liq
2873-Article Text-5641-1-10-20210415
Hisoblash, Навбатчилик, atom fizikasi laboratoriya darslarida elektron dastur va animatsion manbalardan foydalanish, Mavzu elektr bo\'limiga oid mavzularni o\'qitishda pedagogik texn-www.fayllar.org, Loyiha nomi Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha, mustaqil ishi4444, Mavzu


189 
STUDENT DESIGN - TO DEVELOP TECHNOLOGICAL COMPETENCE 
Zulayxo Islomovna Jurayeva 
Teacher of "Applied Sciences and Methods of Extracurricular Education" Samarkand Regional 
Center for Retraining and Advanced Training of Public Education 
Abstract:
This article discusses educational technologies and didactic support for the development of design 
and technological competence of students through technology lessons. 
Keywords: clothing design, graphic knowledge, design and technology knowledge, technical 
modeling of clothing. 
Jahon miqyosida ishlab chiqarish va ta’limning integratsiyalashuvi jarayonida o‘quvchilarning 
kasbiy tayyorgarligini oshirish, loyihalash-texnologik kompetentlikni ta’limning innovatsion 
texnologiyalari asosida rivojlantirish, ilg‘or texnologiya va elektron dasturlar, uskunalardan keng 
foydalanish, o‘qitishning an’anaviy va zamonaviy usullarini integratsiyalash masalasi dolzarb 
vazifalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Texnologiya fani mazmunida kasblarga yo‘naltirish, dars 
va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ijodkorligini tarbiyalash, ularning 
yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib 
borilmoqda. Maktab o‘quvchilariga robototexnika, modellashtirish, konstruksiyalashtirish, 
programmalashtirish, 3D – loyihalashtirish, elektron ta’lim resurslari asosida ta’lim jarayonini 
tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga alohida ahamiyat berilmoqda. Xususan, 
Princeton University (AQSH), Ta’lim texnologiyalari navigatori axborot-metodik markazi (Rossiya), 
Cyber University (Janubiy Koreya) kabi nufuzli ilmiy tadqiqot markazlari ta’lim sifatini 
takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilib, salmoqli amaliy natijalarga erishilgan. 
XXI asrda jahon miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof 
etilib, bu jarayonda kasb ta’limi o‘qituvchilarida loyihalash-texnologik kompetentlikni rivojlantirish 
metodlarini ishlab chiqish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, professional 
ta’lim dasturlarini YUNESKO tomonidan qabul qilingan ta’limning xalqaro standart tasniflagichi 
(MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashtirish, o‘quv jarayoniga Milliy kvalifikatsiya tizimi to‘laqonli joriy 
etish, tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlarida ta’lim 
mazmunini loyihalash, kasbiy kompetensiyalarni tuzilmalarga ajratish, ta’limning yangi metodik 
modellarini yaratish va ularni muayyan ta’lim amaliyotida qo‘llash talab etiladi.
Mamlakatimizda zamonaviy ta’lim tendensiyalari asosida texnologiya fanini isloh qilish, ta’lim-
tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish, moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan 
tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun 
qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta 
tashabbusni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilib, uning 
samaradorligini oshirish orqali malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat 
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom 
ettirish” muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu borada, texnologiya fani o‘quvchilarda 
loyihalash-texnologik kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha ta’lim texnologiyalari va didaktik 
ta’minotini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.


190 
Konstruktorlik -texnologik kompetentlik kasbiy kompetentlikning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib:
1. 
Konstruktorlik bilim, ko‘nikma va malakalar. Ular tayyor o‘quv ma’lumotini (matnlar, 
sxemalar, jadvallar va boshqalar); ko‘rgazmali didaktik qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tayanch 
konspektlar va boshqalarni yaratish; ta’lim metodlari va usullari, o‘quv mashg‘uloti uchun maxsus 
ta’lim vositalarini tanlash bilan tavsiflanadi. 
2. 
Grafik bilim, ko‘nikma va malakalar. Ular ko‘rgazmali ta’lim vositalarini yuqori estetik 
darajada yaratilishi, talablarga mos holda chizmalarni chizilishi va kompyuter dasturlarini ishlata 
olishi bilan tavsiflanadi. 
Konstruktorlik-texnologik bilim, ko‘nikma va malakalar buyum detallari chizmasini ishlab chiqish, 
qayta ishlash metodlari va materiallarini hisobga olish, buyum tayyorlashda konstruktorlik-
texnologik hujjatlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Odam gavdasidan o‘lchov olish va ularni to‘g‘ri belgilay olishni, turli bichimdagi kiyimlar asos 
konstruksiyasini chizish va ularni tahlil qila olish, kiyimni eskizlarini yuqori did bilan tasvirlay olish, 
buyum andozasini tayyorlashni, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlarini konstruksiyalash, 
zamonaviy moda yo‘nalishi asosida kiyimlarni texnik modellash asoslari, kiyim andozalarini 
tayyorlash va ularni to‘g‘ri rasmiylashtirishning texnik talablari, kiyim andozalarini gazlamaga 
tejamkorlik bilan joylashtirish, odam qomatida kiyimning asosiy detallarini shakllantirish, kiyimda 
uchraydigan nuqsonlarni bartaraf qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘quvchilarda loyixalash-texnologik kompetentligini 
rivojlantirishda texnologiya fani darslarida o‘quvchilarda konstruktorlik bilim, grafik bilim va 
konstruktorlik-texnologik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 

Download 323.33 Kb.
  1   2




Download 323.33 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Student design to develop technological competence

Download 323.33 Kb.
Pdf ko'rish