Sud majlisi yopiq deb e’lon qilindi.
Raislik etuvchi:
Kotib:
4-1001-1111/11108-sonli ish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
H A L Q I L U V Q A R O R I
Toshkent shahri 2024 yil 22 yanvar
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi O.A.Azlyarov raisligida, sudya
yordamchisi D.Boboqulov kotibligida, da’vogar “Leasing group” MCHJning
javobgar “Built form” MCHJga nisbatan taraflar o‘rtasida 11.08.2021 yilda tuzilgan
04/33-sonli lizing shartnomasini bekor qilish va lizing ob’yektini da’vogarga
qaytarib olib berish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni
da’vogar vakillari Sh.Toshmatov (ishonchnoma asosida) va O.Narkulov
(ishonchnoma asosida) ishtirokida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqib, quyidagilarni
A N I Q L A D I:
“Leasing group” MCHJ (bundan keyingi o‘rinlarda da’vogar deb nomlanadi)
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, unga ko‘ra
da’vogar va bilan “Built Form” MCHJ (bundan keyingi o‘rinlarda javobgar deb
nomlanadi) o‘rtasida 11.08.2021 yilda tuzilgan 04/33-sonli lizing shartnomasini
bekor qilishni va lizing ob’yektini da’vogarga qaytarib olib berishni so‘ragan.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risidagi tegishli tarzda xabardor qilingan
javobgar o‘z ishonchli vakili ishtirokini ta’minlamadi hamda da’vo talablari
yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy prosessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK
deb yuritiladi) 128-moddasiga ko‘ra, agar sud iqtisodiy sud ishlarini yuritish
ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasini olganligi yoki ushbu
Kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi to‘g‘risida sud
majlisi boshlanguniga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi tegishli
tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan
tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar:
ajrim yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu
rad etish qayd etilgan bo‘lsa;
sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan yeri
(pochta manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan ajrimning ko‘chirma
nusxasi oluvchi ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va bu haqda
aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan bo‘lsa; ajrimning ko‘chirma nusxasi sud
tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi
boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan e’tiboran uch kun
o‘tgan bo‘lsa.
Ish hujjatlarida sudning 11.01.2024 yildagi sud muhokamasini keyinga qoldirish
to‘g‘risidagi ajrimi javobgarning www.stat.uz saytida ko‘rsatilgan manziliga pochta
aloqa xizmati orqali hamda builtform@mail.ru elektron pochta manziliga elektron
pochta tizimi orqali yuborilganligi haqidagi dalillar mavjud. IPK 170-moddasining
uchinchi qismiga ko‘ra ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda
xabardor qilingan javobgar, uchinchi shaxslar sud majlisiga kelmasa, nizo ularning
yo‘qligida hal qilinishi mumkin.
Shunga ko‘ra sud, ishni javobgar vakili ishtirokisiz ko‘rib chiqish mumkin degan
xulosaga keldi.
Sud, taraf vakilining vajlarini, tushuntirishlarini va ko‘rsatmalarini tinglab, ish
hujjatlarini o‘rganib, quyidagi asoslarga ko‘ra, da’vo to‘liq qanoatlantirshni, sud
xarajatlarini
javobgar
zimmasiga
yuklashni
lozim
topadi.
O‘zbekiston
Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy
huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasiga muvofiq, taraflar o‘rtasida
tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z
vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi (bundan keyingi o‘rinlarda FK deb
nomlanadi)ning 234-moddasiga asosan majburiyatlar shartnomadan, ziyon
yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib
chiqishi nazarda tutilgan bo‘lsa, 244-moddasi 1-xatboshisida agar qonunchilik yoki
shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatni bajarishni kechiktirishga yoki
uni bo‘lib- bo‘lib bajarishga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etilgan.
FK 236-moddasiga ko‘ra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilik
talablariga muvofik, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa ish muomalasi
odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada
bajarilishi kerak.
FK 333-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda
majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar
qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob
beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan
hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi.
Ishdagi mavjud hujjatlardan ko‘rinishicha, taraflar o‘rtasida 11.08.2021 yilda
04/33-sonli lizing shartnomasi tuzilgan bo‘lib, unga asosan da’vogar javobgarga
umumiy qiymati 270.000.000 so‘m bo‘lgan 1 dona LONKING LG 833 rusumli
yuklagichni lizingga berish, javobgar esa shartnomaga asosan lizing to‘lovlarini
to‘lash majburiyatini olgan. Da’vogar tomonidan shartnoma shartlari lozim darajada
bajarilib, javobgarga lizing ob’yekti 11.08.2021 yildagi topshirish qabul qilish
dalolatnomasiga asosan topshirilgan. Biroq, javobgar shartnoma shartlarini lozim
darajada bajarmagan, natijada javobgarning da’vogar oldida 72.483.000 so‘m asosiy
qarzdorlik va 8.231.999,71 so‘m penya qarzdorligi vujudga kelgan.
FK 597-moddasi to‘rtinchi qismiga ko‘ra, lizing oluvchi o‘z majburiyatlarini
jiddiy ravishda buzgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, lizing beruvchi bo‘lajak lizing to‘lovlarini tezlashtirishni yoki
garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing ob’yektiga
qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga
ega.
FK 382-moddasining ikkinchi qismi qoidalaridan kelib chiqib, shartnoma sudning
hal qiluv qaroriga binoan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi
mumkin:
- ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
- FK, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda.
Ushbu modda uchinchi qismiga muvofiq, taraflardan birining shartnomani buzishi
ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p
darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi plenumining 27.11.2015 yildagi 289-
sonli “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik normalarini iqtisodiy
sudlar tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi Qarorining 6-bandi
to‘rtinchi xatboshida tushuntirish berilganidek, agar lizing beruvchining da’vo
arizasida yetkazilgan zararlarni undirish va garov narsasini undirish uchun nazarda
tutilgan tartibda undiruvni lizing ob’yektiga qaratgan holda shartnomani bekor qilish
talablari bilan birga barcha lizing to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish talabi ham
qo‘yilgan taqdirda, sud lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi jiddiy tarzda
buzilganligi haqida xulosaga kelsa, u holda ushbu talablardan biri - yoxud lizing
to‘lovlarini muddatidan ilgari undirish talabi yoxud yetkazilgan zararlarni undirish
va garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing
ob’yektiga qaratgan tarzda shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talab
qanoatlantirilishi kerak. Bu qoida, agar lizing beruvchining da’vo arizasida bir
vaqtning o‘zida ham lizing to‘lovlari bo‘yicha vujudga kelgan qarz va neustoykani
undirish, shuningdek, garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda
undiruvni lizing ob’yektiga qaratgan tarzda shartnomani bekor qilish talabi
qo‘yilgan holda ham qo‘llaniladi.
Ushbu qaror 6.1-bandiga ko‘ra esa shartnomada belgilangan lizing to‘lovlari
muddati muntazam ravishda buzilganligi lizing shartnomasini jiddiy tarzda buzish
deb hisoblanadi.
FK 34-bobining 6-paragrafida va Qonunda lizing to‘lovlari tartibi va
muddatlarini muntazam buzish tushunchasi belgilanmaganligi sababli, sudlar, agar
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing shartnomasidan
kelib chiqadigan nizolarni ko‘rishda FK 551-moddasining qoidalarini qo‘llashlari
lozim. FK 551-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisiga ko‘ra, agar ijaraga
oluvchi shartnomada belgilangan to‘lov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq
buzib, mol- mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lamasa, mulk ijarasi shartnomasi
ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi
mumkin.
Shuning uchun sudlar to‘lov kechiktirilganligi sabablarini shartnomada
belgilangan to‘lov jadvalini o‘rganish va tahlil qilish yo‘li bilan aniqlashlari kerak.
Sud yuqoridagi Qonun va Plenum qarori talablaridan kelib chiqib, javobgar
tomonidan lizing to‘lovlari jadvaliga asosan to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligini
va muntazam buzib kelinganligini inobatga olib, da’vogarning taraflar o‘rtasida
11.08.2021 yilda tuzilgan 04/33-sonli lizing shartnomasini bekor qilishni va
javobgarga lizing ob’yekti sifatida berilgan 1 dona LONKING LG 833 rusumli
yuklagichni da’vogarga qaytarib olib berish haqidagi da’vo talablarini asosli deb
hisoblaydi va ushbu da’vo talablarini to‘liq qanoatlantirishni lozim topadi. IPK 118-
moddasiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning
qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.
Qayd etilganlarga ko‘ra, sud da’vogarning da’vo arizasini to‘liq qanoatlantirishni,
sud xarajatlarini qanoatlantirilgan javobgar zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, IPKning 118, 170, 176, 178-180, 186 va 192-
moddalarini qo‘llab, sud
|